www.ziyouz.com
kutubxonasi
272
265-bob
Nomini tilga olmasdan gunohkorlarga la’nat aytishning
joizligi to‘g‘risida
Alloh taolo:
«Ogoh bo‘lingizkim, bunday zolimlarga Allohning la’nati bo‘lur»
(Hud surasi,
18-oyat);
«Bas, ularning o‘rtalarida bir jarchi: «Zolimlarga Allohning la’nati bo‘lgay»,
deb jar solur»
(A’rof surasi, 44-oyat), deb aytgan.
Gunohkor kishilarni la’natlashning joizligi haqida mashhur sahih hadislarda sobit
bo‘lishicha, Rasululloh (s.a.v.): «Soch ulovchi va soch ulatganni, ribo yeyuvchini, rasm
chizuvchini, yer qozig‘ini (qo‘shni haqqini) o‘zgartiruvchini, tuxum o‘g‘risini, otasini
la’natlaganni, Allohdan boshqaga qilingan qurbonlikni Alloh la’natladi. Kim bizning
ishimizda yangilik yaratsa yoki yangilikka yo‘l bersa, unga Allohning farishtalari va
odamlarning barchasining la’nati bo‘lsin», dedilar. Va yana: «Allohim, Ri’l, Zakavon va
Usayya qabilalarini la’natlagin. Ular Alloh va rasuliga osiylik qilishdi. Bular arab
qabilalaridan uchtasidir. Yana U yahudiylarni la’natladi. Yana Alloh taolo yahudiy va
nasroniylarni payg‘ambarlar qabrlarini masjid qilib olishgani uchun la’natladi. Va yana
ayollarga o‘zini o‘xshatgan erkaklarni va erkaklarga o‘zini o‘xshatgan ayollarni
la’natladi», dedilar.
Bu hadislar lafzi Imom Buxoriy va Muslimning «Sahih»larida kelgan. Bularning ba’zisi
ikkitasida, ba’zisi birida kelgan.
266-bob
Musulmonni nohaq so‘kishning haromligi haqida
Alloh taolo:
«Mo‘min va mo‘minalarga ular biron gunoh qilmasliklaridan ozor beradigan
kimsalar ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z ustlariga olibdilar»
(Ahzob surasi,
58-oyat), deb aytgan.
1558/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Musulmonni
so‘kish fosiqlikdir. O’ldirish esa kofirlikdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1559/2. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kishi boshqa bir
kishini fosiq yoki kofir, deb so‘kmasin. Chunki bu ayblar so‘kilgan kishida bo‘lmasa,
so‘kuvchining o‘ziga qaytadi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.
1560/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Ikki
so‘kishganning gunohi avval boshlaganigadir. Lekin mazlum haddan oshib ketsa, unda
gunoh mazlumga bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
1561/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) xuzurlariga aroq
ichgan bir kishi olib kelindi. Rasululloh (s.a.v.) «Buni uringlar», deb buyurdilar. Abu
Hurayra (r.a.): «Bizlardan kimdir uni qo‘li bilan, kimdir poyabzali bilan, yana kimdir
kiyimi bilan urdi», dedilar. Qachonki, u o‘g‘ri qaytib ketayotgan edi, qavmidagilardan
biri: «Alloh seni xo‘rlasin», dedi. Buni eshitgan Rasululloh (s.a.v.) «Bunaqa so‘zlarni
aytmanglar. Chunki bu kishiga g‘olib kelishi uchun shaytonga yordam bergan bo‘lasizlar
(ya’ni, shayton bu kishiga aroq ichishni ziynatlab ko‘rsatgan edi. Endi uni
xo‘rlayotganingizni ko‘rib shayton xursand bo‘ladi)», dedil ar. Imom Buxoriy rivoyati.
1562/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim quli
(xizmatkori)ni zino qilganlikda ayblasa va bu ayblagan narsasi unda mavjud bo‘lmasa,
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
273
qiyomat kuni o‘sha ayblovchiga had (darra) uriladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |