www.ziyouz.com
kutubxonasi
235
1368/3. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «qiyomat kuni kimni
Allohning qiyinchiliklardan xalos etishi xursand qilsa, qarz bergan bo‘lsa, uni tez
to‘lashga majburlamasin yoki bergan qarzini kechib yuborsin», dedilar. Imom Muslim
rivoyati.
1369/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir kishi
odamlarga qarz berib yurar edi. Va o‘z yaqinlariga: «Agar qarzdor kishi qarzini bera
olmasa, undan olmay kechib yuborgin. Shoyadki, Alloh bizdan ham qilgan
gunohlarimizni kechib yuborsa», der ekan. Qachonki, u vafot etib Allohga yo‘liqqanida,
Alloh ham uning gunohini kechib yubordi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1370/5. Abu Mas’ud al-Badriydan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan avval
o‘tganlardan bir kishi hisobga chaqirildi. Uning nomai a’molida biror yaxshilik topilmadi.
Lekin bu kishi hayotlik paytida badavlat bo‘lib, odamlarga aralashib yurardi. Va o‘ziga
qarashli bolalarga qiynalib qolgan kishilarning qarzidan kechib yuborishni buyurardi.
Alloh taolo: «Kechib yuborishga undan ko‘ra Biz haqlimiz. Uning gunohini kechirib
yuboringlar», dedi», de dil ar. Imom Muslim rivoyati.
1371/6. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Alloh taolo huzuriga bir badavlat kishi olib
kelindi. Alloh taolo unga: «Dunyo hayotida nima qilding?» deydi. (Huzayfa (r.a.)
«qiyomatda Allohdan hech bir so‘zni yashirmaslar» oyatini o‘qidilar.) Bu kishi: «Ey
Rabbim, menga mol-dunyoni berding. Men odamlar bilan oldi-sotdi qilar edim.
Odatlarimdan biriga ko‘ra, o‘ziga to‘qlarga qarz bergan bo‘lsam, muloyim muomala qilar
edim. Agar qiynalib turgan kishiga qarz bersam, to‘lash uchun uzoq muhlat berar edim»,
dedi. Shunda Alloh taolo: «Sendan ko‘ra kechib yuborishga Men haqlidirman. Uning
gunohini kechirib yuboringlar», deydi.
Uqba ibn Omir va Abu Mas’ud Ansoriylar: «Biz Rasululloh (s.a.v.) og‘izlaridan mana
shunday eshitdik», deyishdi (Imom Muslim rivoyati).
1372/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim qarzini
to‘lashga qurbi yetmagan kishiga to‘lashi uchun muhlat bersa yoki kechib yuborsa, Alloh
taolo biror soya yo‘q kunda (qiyomat kunida) Arshdagi O’z soyasi ila soyalantiradi»,
dedilar. Imom Termiziy rivoyati.
1373/8. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bu kishidan bir tuya sotib
oldilar. Va pulini ko‘paytirib berdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1374/9. Abu Savfon Suvayd ibn Qaysdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men va Mahrama
Abdiy ikkovimiz Bahrayn yaqinidagi Hajar nomli shahardan kiyimlar olib keldik.
Rasululloh (s.a.v.) huzurimizga kelib ishtonlarni baholashdilar. Mening bir tarozibonim
bor edi. U haq olish evaziga narsalarimni tortib berar edi. Rasululloh (s.a.v.) o‘sha
tarozibonimga: «Tortgin va biroz og‘irlatgin», dedilar». Abu Dovud va Termiziy
rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |