www.ziyouz.com
kutubxonasi
147
taqillatib qoldi. Men: «Kim bu?» desam, u: «Umar ibn Xattobman», dedi. Men: «Bir oz
kutib turing», dedim-da, Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib, salom berib: «Umar
huzuringizga kirish uchun izn so‘rayaptilar», desam, u zot: «Uning kirishi uchun izn ber
va jannatga kirishining xushxabarini yetkaz», dedilar. Men Umar (r.a.) huzurlariga
borib: «Rasululloh (s.a.v.) kirishingiz uchun izn berib va jannatga kirishingizning
xushxabarini bermoqdalar», dedim. Umar (r.a.) ham Rasululloh (s.a.v.) bilan birga
suffada chap tomonlarida turib, oyoqlarini quduqqa osiltirib o‘tirdilar. Keyin yana oldingi
joyimga qaytib borib o‘tirdim. Va ichimda: «Agar Alloh ukamga yaxshilikni xohlasa, yetib
kelar», dedim. Shu payt yana bir kishi kelib, darvozani taqillatib qoldi. Men: «Bu kim?»
desam, u: «Usmon ibn Affonman», dedi. Men: «Bir oz kutib turing», dedim-da,
Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib, uning xabarini berdim. U zot: «Uning kirishi uchun
izn ber va bir oz musibatlarni tortish bilan birga jannatga kirishining xushxabarini ber»,
dedilar. Men borib: «Kiring, Rasululloh (s.a.v.) bir oz musibatlarni tortish bilan birga
jannatga kirishingizning xushxabarini bermoqdalar», dedim. Keyin Usmon (r.a.) ham
ularning huzurlariga kirdilar. Ko‘rdilarki, quduq suffasi odamga to‘lib bo‘lgan.
To‘g‘rilaridagi boshqa bir joyga borib o‘tirdilar. Sayyid ibn Musayyib (r.a.):
«Uchchovlarining qabrlari bir joyda bo‘lib, Usmon (r.a.)ning qabrlari alohida bo‘ladi, deb
ta’vil qildim», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda: «Rasululloh (s.a.v.) meni darvozani poylab turishga buyurdilar.
Usmonga (r.a) jannat xushxabari berilganida, Allohga hamd aytib, Alloh o‘zi madadkor,
deb aytganlari» ziyoda qilingan.
709/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz Rasululloh (s.a.v.) atroflarida
o‘tirgan edik. Biz bilan Abu Bakr (r.a.) va Umar (r.a) hamda bir necha sahobalar ham
bor edi. Rasululloh (s.a.v.) oramizdan turib ketdilar-da, tez qaytib kelavermadilar. U
zotni yo‘qotib qo‘ydikmi, deb qo‘rqib ketdik. Keyin o‘rnimizdan turdik. Birinchi bo‘lib men
qo‘rqdim. Axtargani chiqib, ansoriylardan bo‘lgan Bani Najjor qabilasining devori yoniga
bordim. Darvozasini axtarib, devorlari atrofini aylandim. Lekin darvozani topa olmadim.
Qarasam, bir kichkina ariq bor ekan. Devor tashqarisidagi bir quduqdan bog‘ning
o‘rtasiga kirayotgan ekan. U yerdan bir oz qazidim-da, Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga
kirdim. U zot: «Abu Hurayrami?» dedilar. Men: «Ha, ey Allohning Rasuli», dedim. U zot:
«Nima uchun kelding?» dedilar. Men: «Siz oramizda birga o‘tirib, keyin tez qaytib
kelavermaganingizdan keyin sizni yo‘qotib qo‘ydikmi, deb qo‘rqib ketdik. Birinchi
qo‘rqqan kishi men bo‘ldim. Mana bu devordan keldim. Va xuddi tulki kavlagandek
kavlab kirdim. Anavi kishilar ham orqamda turishibdi». Rasululloh (s.a.v.) ikki
kavushlarini berib: «Ey Abu Hurayra, bu kavushimni olgin-da, bu bog‘ tashqarisida Alloh
taoloning yakka va yagonaligini chin qalbidan bilib, guvohlik bergan kishiga jannat
xushxabarini bergin», deb hadisning qolganini ham zikr qildilar. Imom Muslim
rivoyatlari.
710/4. Ibn Shamosadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bizlar Amr ibn Ossning (r.a.)
huzurlariga kirsak, u zot o‘lim talvasasida yotgan ekanlar. Ko‘p yig‘lab, yuzlarini devor
tarafga qilib oldilar. O’g‘illari: «Ey otajon! Rasululloh (s.a.v.) siz haqingizda undoq va
bundoq bashorat qilmaganlarmi?» deganlarida, u zot yuzlarini (biz tomonga) burib:
«Bizlarning eng afzal hisoblaydigan amalimiz «La ilaha illallohu va anna Muhammadan
Rasululoh»dir. Mening hayotim uch qismga bo‘linadi. Birinchisi: Men Rasulullohni (s.a.v.)
hammadan ko‘proq yomon ko‘rar edim. Eng yaxshi ko‘rgan narsam: imkoniyatini
topsamu u zotni qatl etsam. Agar mana shu holatda vafot etganimda, do‘zax ahlidan
bo‘lar edim. Ikkinchisi shuki: Qachonki Alloh qalbimni Islomga moyil etganida Rasululloh
(s.a.v.) huzurlariga borib, bay’at qilishim uchun qo‘lingizni bering», desam, u zot
qo‘llarini berdilar. Men esa qo‘limni tortib oldim. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Ey Amr,
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |