Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
137
665/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Agar sizlarga mayizday
qora habashiy qul boshliq qilinsa ham, eshitib itoat qilinglar», deb aytdilar.
Imom
Buxoriy rivoyatlari.
666/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Boshlig‘ingga
qiyinchilikda ham, yengilchilikda ham, xursandlikda ham, xafalikda ham, haqqingni
bermaganida ham, eshitib itoat qil!» dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
667/6. Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan birga
safarda yurib, bir manzilga tushdik. U yerda kimdir kapasini tuzatayotgan edi. Va kimdir
o‘q otish musobaqasi ila mashg‘ul edi. Va yana kimdir hayvonlarini o‘tlatayotgan edi.
Shunda Rasululloh (s.a.v.) jarchilaridan biri jar solib, jamoat namoziga chaqirdi. Biz u
zot huzurlariga jamlandik. U zot: «Mendan oldin biror payg‘ambar kelgan bo‘lsa, bilgan
yaxshilikka o‘z ummatini dalolat qilib, bilgan yomonlikdan o‘z ummatini ogohlantirish
uning zimmasidadir. Albatta, bu ummatning avvalgi avlodiga ofiyat nasib qilingandir.
Ummatning oxirgi avlodiga esa balolar va inkor qilinadigan ishlar bo‘ladi. Shunaqa
fitnalar bo‘ladiki, ba’zisi (katta bo‘lganidan) ba’zisini tekislab ketadi. Va yana bir fitna
paydo bo‘ladiki, mo‘min kishi uni ko‘rganda mana shu halok qiladi, deydi. Keyin undan
bu fitna ketadi. Va yana har xil fitna bo‘ladi. Mo‘min kishi: «Bu meni halok qiladi. Bu
meni halok qiladi», deydi. Kim do‘zaxdan uzoqlashib, jannatga kirishni istasa, Allohga va
oxirat kuniga iymon keltirib o‘lsin. Va o‘ziga qanday muomala qilinishini yaxshi ko‘rsa,
odamlarga ham shunday muomala qilsin. Kim bir imomga qo‘lini berib, chin qalbdan
bay’at qilgan bo‘lsa, qodir bo‘lgunicha itoat etsin. Agar ikkinchi imom chiqib, o‘sha bay’at
qilgan birinchi imomi bilan nizo qilsa, o‘sha ikkinchisining gardaniga uringlar», deb
aytdilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
668/7. Abu Hunayda Voil ibn Hujrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Salama ibn Yazid al-Ja’fiy
(r.a.) Rasulullohdan (s.a.v.)
«Ey Allohning nabiysi, agar bizning tepamizga o‘z haqlarini
bizdan talab qilib, bizlarning haqqimizni ado etmaydigan amirlar kelishsa, nima
qilmog‘imizni buyurasiz?» deb so‘raganlarida, Rasululloh (s.a.v.) javob bermay, yuzlarini
o‘girdilar. Keyin yana so‘raganlarida, Rasululloh (s.a.v.)
«Shunda ham sizlar ularning
so‘zlarini eshitib, itoat qilinglar. Chunki ular o‘z vazifalariga mas’uldirlar. Sizlar ham o‘z
vazifangiz (ya’ni itoat etish)ga mas’uldirsiz», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
669/8. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Mendan
keyin laganbardorlik, hamda inkor qilinadigan noshar’iy ishlarni ko‘rasizlar!»
deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, shunday kun kelsa, nima qilishga
buyurasiz?» deyishdi. Rasululloh (s.a.v.)
«Ustingizda bo‘lgan haqlarni ado etinglar. Va
o‘z haqlaringizni Allohdan talab qilinglar», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
670/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Kim menga itoat
qilsa, batahqiq Allohga itoat qilibdi. Kim menga osiylik qilsa, batahqiq Allohga osiylik
qilibdi. Kim amiriga itoat qilsa, batahqiq menga itoat qilibdi. Kim amiriga osiylik qilsa,
batahqiq menga osiylik qilibdi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
671/10. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Kim amirining ishida
biror narsani karih ko‘rsa, sabr qilsin. Chunki amirining itoatidan biror qarich tashqariga
chiqsa, johiliyatda o‘lgan kabi vafot etadi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
672/11. Abu Bakradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Kim podshohini
xo‘rlasa, Alloh ham uni xo‘rlaydi», dedilar.
Imom Termiziy rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: