«Kunduzning har ikki tarafida va kechadan bir bo‘lagida namozni
to‘kis ado qiling! Albatta yaxshi amallar yomonlik -gunohlarni ketkazur».
Bas,
haligi kishi: «Ey Allohning rasuli, bu men uchun xosmi?» deganida, u zot: «Balki bu
ummatimning barchalariga xosdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
435/24. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib:
«Ey Allohning rasuli, gunoh qilib qo‘ydim. Menga ta’zir bering», dedi. (Ammo) namoz
vaqti bo‘lib qolgan edi, Rasululloh (s.a.v.) bilan namoz o‘qidi. Qachonki, namoz o‘qib
bo‘lingandan keyin «Ey Allohning rasuli, men gunoh qilib qo‘ydim. Allohning Kitobida
buyurilganidek, uning jazosini qoim qiling», degan edi, Rasululloh (s.a.v.) «Biz bilan
namozda birga emasmiding?» dedilar. U kishi: «Ha, birga edim», dedi. Shunda
Rasululloh (s.a.v.) «Batahqiq, sening gunohlaring kechirilgandir», dedilar. Imom Buxoriy
va Muslim rivoyatlari.
«Jazoni qoim qiling» jumlasidagi jazo zino va aroq ichgandagi had (shar’iy jazo)
emas. Balki ta’zir ma’nosidagi jazodir. Chunki zino va aroq ichgandagi jazo namoz bilan
soqit bo‘lmaydi hamda imomning u jazoni tark qilishi ham joiz emas.
436/25. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Har taom yeganda va har
ichimlik ichganda hamd aytuvchi bandasidan Alloh taolo rozi bo‘ladi», dedilar. Imom
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
96
Muslim rivoyatlari.
437/26. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Tunda Alloh taolo
rahmat va mag‘firat qo‘lini kunduzi gunoh qiluvchilar tavba etishlari uchun yozadi. Va
nahorda Alloh taolo rahmat va mag‘firat qo‘lini tunda gunoh qiluvchilar tavba etishlari
uchun yozadi. Hattoki, quyosh botganidan to chiqqunicha mana shunday davom etadi»,
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
438/27. Abu Najih Amr ibn Abasadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men johiliyat davrida
odamlar zalolatda, chunki ular butga ibodat qilishgani uchun haqiqat yo‘lida emaslar,
deb o‘ylab yurar edim. Nogahon o‘sha kunlarning birida Makkada bir odam chiqqanini
eshitdim. U har turli xabarlarni aytayotgan emish. Bas, ulovimga o‘tirdim-da, u
janobning huzurlariga bordim. O’sha kunlarda Rasululloh (s.a.v.) odamlardan yashirinib
yurgan ekanlar. Chunki qavmlari suiqasd qilishga jur’at etishgan ekan. Men yo‘lini topib,
Makkada u zot huzurlariga kirib: «Siz kimsiz?» dedim. U zot: «Nabiyman», dedilar. Men:
«Nabiy nima o‘zi?» dedim. U zot: «Alloh meni shunday qilib yubordi», dedilar. Men:
«Nima ila yubordi?» dedim. U zot: «Qarindosh-urug‘larga bog‘lanib bordi-keldi qilishga,
butlarni sindirishga hamda Allohga biror narsani sherik qilmaslikka va Uning tavhidiga
chaqirish buyrug‘i ila yubordi», dedilar. Men: «Bu yo‘lda siz bilan kimlar birga?» desam,
u zot: «Bir ozod va bir qul kishi», dedilar. O’shanda Abu Bakr (r.a.) va Bilol (r.a.) birga
edilar. «Men ham sizga ergashaman», desam, u zot: «Sen bu kunlarda ergashishga
qodir emassan. Mening va odamlarning ahvoliga qaramaysanmi? Lekin o‘z ahlingga
qaytgin. Agar mening ovoza bo‘lganimni eshitsang, o‘shanda kelgin», dedilar. Keyin men
ahlimga qaytib keldim. Rasululloh (s.a.v.) esa Madinaga (hijrat qilib) ketibdilar. Men
ahlim bilan birgalik paytimda u zot haqlarida surishtirib Madinadan kelganlardan so‘rar
edim. Madina ahlidan bir necha kishi kelgan edi. Men: «Madinaga borgan bu kishi (ya’ni,
Muhammad alayhissalom) nima qilmoqda?» deb so‘radim. Ular: «Kishilar unga
(qo‘shilish uchun) shoshilishmoqda. O’z qavmi uni o‘ldirishni xohlagan edi. Lekin bunga
qodir bo‘lishmadi», deb aytishdi. Keyin men Madinaga borib u zot huzurlariga kirdim.
Va: «Ey Allohning rasuli, meni tanidingizmi?» desam, u zot: «Ha, sen bilan Makkada
uchrashgan edim», dedilar. Men yana: «Ey Allohning rasuli, Alloh sizga o‘rgatgan va
men bilmaydigan narsalar hamda namoz haqida xabar bering», dedim. U zot: «Bomdod
namozini o‘qigin. Keyin quyosh to bir nayza miqdorida ko‘tarilgunicha to‘xtab turgin.
Chunki quyosh shaytonning ikki shoxi orasidan chiqadi. O’sha paytda kofirlar quyoshga
sajda qilishadi. Keyin namozingni o‘qiyver. Chunki namoz paytida (kunduzgi) farishtalar
hozir bo‘lishadi. Qachonki, soya nayza miqdoricha bo‘lib (quyosh tikkaga yetganda)
namozni to‘xtatgin. Chunki mana shu paytda jahannam qizdiriladi. Qachonki, soya
tushsa, bunda ham namozingni o‘qiyvergin. Chunki bu namoz paytida ham to asr
namozini o‘qiguningcha farishtalar hozir bo‘lishadi. So‘ngra quyosh botgunicha namoz
o‘qishni to‘xtatgin. Chunki quyosh shaytonning ikki shoxi orasidan botadi. O’sha paytda
ham kofirlar quyoshga sajda qilishadi», dedilar. Men yana: «Ey Allohning rasuli, endi
tahorat haqida xabar bering», dedim. U zot: «Sizlardan biringiz tahorat suvini olib kelib
og‘zini chayqab, burniga suv olib uni tashlasa, yuzi va burnidagi xatolari chiqib ketadi.
Agar yuzini Alloh buyurganidek yuvsa, beti va jag‘i atrofidagi xatolari suv bilan birga
chiqib ketadi. Keyin ikki qo‘lini tirsagigacha yuvsa, qo‘li bilan qilgan xatolari
barmoqlaridan suv bilan birga chiqib ketadi. Keyin boshiga mash tortsa, boshidagi
xatolari sochlari atrofidan suv bilan birga chiqib ketadi. Keyin oyog‘ini oshig‘igacha
yuvsa, u bilan qilgan xatolari oyoq barmoqlaridan chiqib ketadi. Agar turib namoz o‘qib,
Alloh taologa hamdu sano aytib, Uni sha’niga mos narsa bilan ulug‘lasa hamda qalbini
Allohga bog‘lasa, xuddi onasidan tug‘ilgan kundagi kabi xatolardan xoli bo‘ladi»,
dedilar».
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |