Ramazonning fazilati
Alhamdu lilla’hi rabbil a’lami’n. Hamdan kasiran tayyiban muba’rakan fi’h.
Kama’ yanbag’i’ lijala’li vajhihi’ va liazimi sulta’nih. Vassala’tu vassala’mu ala’
sayyidina’ Muhammadin va ala’ a’lihi va sahbihi va man tabiahu bi ihsa’nin
ajma’i’n
20
.
(Olamlarni tarbiyat qiluvchi Alloh taologa beadad, go’zal va muborak (barakotli) hamd
bo’lsin! Uning Zoti azamatiga va saltanatining buyukligiga qandayin hamd sazovor
bo’lsa, shunday hamdu sanolar bo’lsin! Va Sayyidimiz – Muhammad alayhissalomga va
uning ahli xonadoniga va ashoblariga va Unga sidqidildan tobe’ bo’lgan barcha
izdoshlariga salotu salomlar bo’lsin!)
21
.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu aziz va muhtaram musulmon
birodarlar!
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com
kutubxonasi
5
Alloh taolo barchamizdan rozi bo’lsin... Bu go’zal, xayru barakotli, fayzu karamli oyning
rahmatidan, ne’matlaridan, o’zining sevikli bandalariga taqdim etgan ikromlaridan
bizning ham bahramand bo’lishimizni Parvardigor hammamizga nasibu muyassar
aylasin!
Aziz va muhtaram qardoshlar! Yaxshi bilasiz Salmoni Forsiy roziyallohu anhu
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning eng sevgan sahobalaridan edilar. Hazrat
Rasul alayhis-salom u muborak zot haqida: «Salmon bizdandir, ahli baytimizdandir», –
deganlar. Salmoni Forsiy roziyallohu anhu shunday rivoyat qiladilar:
Ya’ni, «Sha’bonning oxirgi kunida Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bizga shunday
xutba o’qidilar: «Ey insonlar! Ulug’ va muborak bir oyning soyasi ustingizga tushdi.
(Chunki bu kun sha’bonning oxirgi kuni, hali ramazon oyi kirmaganligi uchun shunday
dedilar). «Shunday bir oyki, unda ming oydan afzal bir kecha bor...»
20
Yonida apostrof belgisi (’) qo’yilgan mad harflari (cho’ziq unlilar) qoidasiga muvofiq cho’zib o’qiladi.
21
Keyingi maqolalarda keltirilgan hamd, sano va salavotlar faqat tarjimada beriladi (Tarjimon).
Ming oydan yaxshi bo’lgan bu kecha – qadr kechasidir. Qadr kechasi ramazon oyida
mavjud bo’lib, qaysi kundaligi yashirilgan, sir tutilgan. Sevimli Payg’ambarimiz sallallohu
alayhi vasallam: «Ramazonning oxirgi o’n kunidagi toq kunlardan izlang», – deb aytgan
bo’lsalar-da, aniq qaysi kunligi maxsus ma’lum qilinmagan. Ba’zan ramazonning
boshlanishi biror kunga siljib qolishi mumkin. Shuning uchun Payg’ambarimiz sallallohu
alayhi vasallam muborak qadr kechasini topib, undan foydalanish uchun, ramazonning
oxirgi o’n kunini uylariga bormasdan, masjidda toat-ibodat bilan e’tikofda o’tkazardilar.
Aziz payg’ambarimizning bu sunnatlariga jiddiy ravishda amal qilishimiz lozim.
Aziz va muhtaram birodarlarim! Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Allohning
rasuli, habibi – eng yaxshi ko’rgan bandasi, sayyidul avvalin val oxirin, ya’ni o’tgan va
keladigan barcha insonlarning eng ulug’i va mukammali, sarvari anbiyo –
Payg’ambarlarning eng yuksak martabalisi, maqomi Mahmudning sohibi... Har holati,
butun umri, har soniyasi go’zal... Xulq-atvori, har so’zi va har holi go’zal bir insondir.
Shunday bo’lsa-da, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Uch oylar kelishi bilan
ibodatga yanada ko’proq berilardilar. Har lahzalarining o’zi ibodat bo’lishiga qaramay,
yanada go’zalroq ibodat qilishga kirishib ketardilar. Albatta, bu bizlar uchun bir ibratdir...
Rajab oyi kelishi bilan Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam boshqa oylarga
qaraganda yanada ko’proq ro’za tutardilar. Ramazondan ikki oy oldin keladigan rajab
oyida rag’oib kechasi mavjud bo’lib, bu kechadan musulmonlar muborak bir oy
kelganligini bilib, farqlab olar edilar. Bu kechada inson Allohning buyuk ne’mat va
ikromlariga erishadi... Rajabning yigirma yettinchisida Xotamul anbiyo payg’ambarimiz
me’rojga chiqqanlar
22
. Boshqa hech bir basharga nasib bo’lmagan eng ulug’ ne’mat –
Alloh taoloning Oliy dargohiga chiqish va Alloh taoloni ko’rish ne’mati Rasululloh
sallallohu alayhi vasallamga me’roj oyida nasib etgan
23
.
22
Bu borada boshqa xil qarashlar ham mavjud.
23
Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom ummatlariga: «Alloh diydorini o’lgandan keyin ko’rasizlar»,- deb bashorat berganlar. Bu
hadis butun insoniyatga tegishli bo’lsa ham aksar ulamolarimiz Hazrat Payg’ambarimizning Me’roj kechasida Alloh diydorini hadsiz va
kayfiyatsiz holda ko’rganliklari haqida ittifoq qilganlar. Ba’zilar Rasululloh Xudoni qalb ko’zi bilan ko’rgan deyishsa, ayrimlari ko’z
bilan ko’rganliklarini aytishgan. Ayrim toifa olimlarning yozishlaricha, ham qalb ko’zi bilan, ham ko’z bilan ko’rishga muvaffaq
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
Do'stlaringiz bilan baham: |