Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc



Download 495,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/132
Sana18.07.2022
Hajmi495,65 Kb.
#821758
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   132
Bog'liq
Mahmud As\'ad Jo\'shon. Ramazon va taqvo

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
47
«Bu kechani ramazonning so’nggi o’n kunidan qidiring!» 
Bu kechani qo’lga kiritgan, u kechada Allohning yaxshi ko’rgan ibodatini bajargan kishi, 
83.3 yil ibodat qilganlik savobini oladi. Ming oy shuncha yil bo’ladi. 
Payg’ambar sallallohu alayhi vasallamning uylari biznikiga o’xshab masjiddan uzoqda 
emas edi. Masjid bilan tutashgan edi. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam 
eshiklarini ochishlari bilan oyoqlarini masjidning ichiga bosar edilar. Xonalari jome’ga 
tutashgan edi. Shunga qaramay, ramazonning so’nggi o’n kunida masjidga kirar edilar. 
Va kechayu-kunduz ibodat bilan mashg’ul bo’lardilar. 
Uch oylar kelishi bilan Muhammad alayhissalom ibodatlarga kuchli e’tibor berar edilar. 
Rajab oyi kirishi bilan toatni ko’paytirar, sha’bon oyi kirganda yanada ko’proq riyozat 
chekar va nihoyat Ramazon oyida toat-ibodatu zuhdu riyozatlari kamolga yetardi. 
Ramazonning so’nggi o’n kunligida esa masjidda e’tikofga kirardilar. Tabiiyki, sahobai 
kiromlar ham shunday qilganlar. 
Bir gal juda ham qiziq bir hodisa ro’y bergan ekan. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi 
vasallam masjidga kiribdilar, qarasalar, masjid chodirlarga to’la. Ma’lum bo’lishicha, 
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning xotinlari kelib chodir quribdilar. Ular 
bizning onalarimiz bo’ladi. Chunki Qur’oni karim buyuryaptiki: 
«Uning ayollari esa ularning onalaridirlar».
Hazrati Oisha onamiz, Hazrati Xadicha 
onamiz, shunga o’xshash ularning hammasi bizning onalarimiz. 
Payg’ambarimiz esa: «Bular xayr ish qildik, deb o’ylayaptilarmi?» – debdilar. O’sha yili 
e’tikofga kirmabdilar, chunki xotinlar bir tomonda, erkaklar boshqa tarafda. Mumkin 
bo’lmasa-da, boshlashibdimi, oxirigacha yetkazsinlar, deb chiqarmabdilar. O’sha yili 
xotinlar ibodatni masjidda bajaribdilar. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam 
ramazon o’tgandan keyin e’tikofga kiribdilar. 
Xo’sh, ayol kishi e’tikofda qaerda bo’ladi? Albatta, o’z uyida bo’ladi. Ayol kishi o’z uyida 
e’tikofga kiradi. Erkak esa e’tikof ibodatini masjidda bajaradi. Payg’ambarimiz sallallohu 
alayhi vasallam va ashobi kiromning hammalari e’tikofga kirganlar. Siz ham e’tikofdan 
bahramand bo’ling! Ramazonning oxirgi o’n kunida siz ham u sharafni, u sevgini, u 
ibodatni totib ko’ring. 
Bir ayol uyida e’tikofini bajaribdi va bizning bir domla birodarimizga aytibdiki: «Men bu 
ishni juda ham sevdim, bundagi ibodatlardan juda ko’p foyda olib qoldim». Albatta, 
e’tikofda inson olamlarning Rabbisi Alloh taolo bilan tanho qoladi, Unga munojot qiladi, 
dil rozini aytadi. Zikrning halovatini totadi. 
Chunki Alloh taolo bir hadisi qudsiyda buyuradiki: 
«Men meni zikr qilganning hammajlisi bo’laman, yonida birga bo’laman». Inson bunda 
Qur’on o’qib, zikr qilib, ibodatlarni bajarib, namozlarni va qazo namozlarini o’qib, vaqtini 
butunlay qattiq ibodatga bergan bo’ladi. Buyuk savoblarga erishadi. 
Bir shoir yozgan ekan: 
Shakarlarda topolmadim, 


Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon 

Download 495,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish