www.ziyouz.com
kutubxonasi
37
davrlarimizda bir og’izgina so’z bilan do’kondagi butun mollarni jo’natar edik, u ham
bizga o’z haqqini belgilangan miqdorda berar edi», – deb ayblabdilar.
Hoji ota eski zamon odami bo’lganlari uchun bu zamonni ayblamoqdalar. Insonlar
mo’minlikni tashlab, munofiqlashdilar. Inson so’zida turmaydigan bo’lib qoldi. Va bu hol
ko’pchilik uchun oddiy, odatiy bir narsaga aylandi. Hattoki, ko’pgina namozxon
birodarlarimiz ham bu qusurdan xoli emaslar. Bir joyda devorga shunday hadisi sharif
yozilgan ekan: «Bir kishining namoz o’qishi, ro’za tutishiga qarab aldanib qolmagin.
Muomalasiga qaragin-chi, qanday ekan? Ishi qanday? Ro’za ham tutmoqda, namoz ham
o’qimoqda, lekin, ishi teskari, egri bo’lmoqda, yomon hiylali, buzuq, yolg’on bo’lmoqda».
Ispartalik birodarlarimizdan «Ispartada qo’lda to’qilgan joynamoz qancha turadi?»-deb
so’radim.
«Domla! Chirigan xom-ashyolardan to’qiy boshlaganliklari uchun xaridorlarning talabi
ham qolmadi unga», – deb javob berdilar.
Bir xaridorni bir marotaba aldaydi, xolos... Chirik ipdan bir dona to’qib sotdi, chirik
bo’lganligidan bexabar xaridor ham bir marta oldi, ikkinchi marta olmadi. Vaholanki, har
bir ishimiz mo’’minning ishidek bo’lishi kerak! Alloh rozi bo’ladigan shaklda bo’lishi lozim!
«Senga biror narsa berilganida, unga qanoat qilmaysan! Alloh tarafidan boshingga bir
imtihon kelganida sabr etmaysan!» Mo’’min berilgan rizqiga qanoat qiladi!
«Alhamdulilloh, shukrlar bo’lsin shu holimga, shu kunlarimga!» – deb shukr qiladi.
Chanoqqal’ada birov bilan gaplashib qoldik. U kishi bizga: “Bu yerda tabarruk cholu
kampir yashashadi. Juda ham dindor, yaxshi insonlar», – deb aytdilar. Men shularni bir
ziyorat qilaman deb qaror qildim va birga bordim. Uylari yo’q, usti tunukadan berkitilgan
bir kulbada yashamoqdalar. Shunchalik torki, faqat bir o’rindiq sig’adi, xolos. Cholu
kampir o’sha yerda yashaydilar. Yo Alloh, xotin shunday ham mamnunki, og’zi duoda,
shirin so’zli... «Astag’firulloh, shu ne’matlarni qarang!», «Shu holimizga qarang!» –
demoqda. Oyoqda turib bo’lmaydigan, sandiqdek kulba ichidagi bu bechora
qariyalarning holini ko’rib uyaldim, men uyalib ketdim. «Shu holimizga shukr bo’lsin».
“Shu ne’matlarni bizga berib qo’ygan Allohga hamdu sanolar bo’lsin... Biz kimmiz o’zi,
bizni ziyorat qilishga kelibsizlar, ziyoratga yaramaymiz?» – deb aytmoqdalar.
Qanoat, ko’ngil boyligi insonni ana shunday baxtli qiladi. Agar berilgan ne’matlarga
nisbatan qanoatsizlik mavjud bo’lsa, u insonni juda ham behuzur qiladi. Allohga shukrlar
bo’lsinki, qornimiz to’q, ustimiz but... Alhamdulilloh, shukr qiladigan qanchadan-qancha
ne’matlar bor. Ko’zimiz ko’radi, qulog’imiz eshitadi, aqlimiz ishlaydi.
Inson berilgan ne’mat qadrini bilib, unga qanoat qilishi lozim! Har bir kishining boshiga
turli balolar kelishi mumkin. Sabr qilishi kerak. Chunki balolarga payg’ambarlar ham
sabr qildilar.
«Insonlarni yaxshilikka buyurasan, o’zing esa qilmaysan. Yomonlikni qilmangiz, deysan-
u, o’zing bajaraverasan! Bunday bo’lmaydi!»
«Solih bandalarni sevasan, ammo ulardan emassan! Munofiqlarga nafrat qilasan-u,
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
Do'stlaringiz bilan baham: |