www.ziyouz.com
kutubxonasi
21
Demak, ro’za tarbiyasi orqali taqvoga ega bo’lasiz, yomon ishlardan saqlanishni
o’rganasiz. Biror ishni harom yoki makruh deyilgan bo’lsa, gunoh ish bo’lsa, endi uni
iftorlikdan keyin ham bajarmaysiz. Ramazondan keyin ham unga yaqinlashmaysiz.
Sizga achchiq va juda ham muhim bo’lgan bir haqiqatni aytish bilan so’zimni
tugatmoqchiman: Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: «Ramazon – ibodatlarimiz
qabul bo’lganligining alomati». Biz tarovih namozlari o’qidik, ajabo, u qabul bo’ldimikan?
Ro’zalar tutdik, ajabo, u qabul bo’ldimikan? Kechalari tahajjud o’qidik, har xil yaxshiliklar
qildik, sadaqalar ulashdik, iftorlar berdik, ajabo, bu qilgan xayrli ishlarimiz dargohi
ilohiyda maqbul bo’ldimikan? Qabul bo’lishining alomati ramazondan keyin inson holining
ijobiy tomonga o’zgarib davom etishidir!» – deb aytganlar.
Ramazondan keyin ham fe’lini tuzatmasa, ramazon ta’sir qilmagan bo’lsa, undan keyin
yana eski yomon holatlarini davom ettiraversa, demakki, Alloh uning ramazonda qilgan
ibodatlarini qabul qilmagan, ro’zaning ta’siridan bahramand bo’lmagan degan ma’no
kelib chiqadi. Shuning uchun ham holatni o’zgartirishga harakat qiling! Ro’za tutishdan
maqsad irodani mustahkamlash, o’ziga hokim bo’lish. Haromlardan, gunohlardan
saqlanish, nafsi xohlasa ham unga yo’l bermasdan, bir quvvatga ega bo’lish va taqvo
sohibi bo’lish. Shuning uchun ham bu asosiy vazifani hech unutmangiz! Iftordan keyin
ham, ramazondan keyin ham unutmangiz! Doimo taqvo ahli bo’lib yashang! Chunki
Alloh taolo jannatga muttaqiy qullarini kiritadi:
«Jannat va undagi ne’matlar taqvodorlar uchun tayyorlab qo’yilgan...».
Ya’ni,
agar siz ramazonda taqvoning haqiqiy ma’nosini tushunib, uni o’rganib, taqvodor,
muttaqiy bir qul bo’lsangiz, jannat sizniki bo’ladi!»
Demak, insonlarni jannatga kiritadigan narsa – bu taqvo va go’zal axloq. Taqvoni esa
ramazonda o’rganasiz. Ro’za tutib, nafsingizni yengishni o’rganib, taqvo ahlidan bo’lasiz.
Aksariyat insonlar taqvolari bilan jannatga kiradilar.
Jannatga kirishning ikkinchi sababi nima edi: «husnul xulq». Go’zal axloq ham taqvodan
hosil bo’ladi. Agar insonning irodasi kuchli bo’lsa, nafsini tarbiya qilolgan bo’lsa, xulqi
ham go’zal bo’ladi. Sabr qiladi, marhamatli bo’ladi, jo’mard, yordamsevar bo’ladi.
Birovga hasad qilmaydi, zulm yetkazmaydi, yomonlik qilmaydi. Bunday axloqi hamidaga
erishish uchun esa bir oy katta bir muddat, oz vaqt emas. Har yili takror kelib turadigan
oy. Har yili inson bu tarbiyani yangidan ko’radi. Ya’ni, bu bir oylik tarbiya vujudimizga,
ruhimizga bir yillik ozuqa bo’ladi. Demak, taqvoni yaxshi anglab, chuqur o’rganib,
ruhimiz va vujudimizga singdirishimiz lozim! Ramazon oyida irodamizni astoydil
mustahkamlab, Allohning muttaqiy qullari orasidan joy olaylik! Chunki Alloh muttaqiy
bandalarini sevadi, ularga husni xotima – so’nggi nafasda imon bilan jon berishni nasib
etadi, ularni jannatiga kiritib, abadiy ne’matlaridan ehson qiladi.
Alloh taolo hammamizning ro’zalarimizni haqiqiy ma’nodagi ro’za o’laroq qabul qilsin,
taqlidiy ro’zalardan o’zi saqlasin. Shaklan ro’za tutib, aslida ro’zaning ma’no-mohiyatini
tushunmagan g’ofil insonlardan qilmasin. Irodamizga kuch-quvvat ato aylasin.
Ko’nglimizdagi g’uborlarni ketkazsin. Ko’zlarimizni to’sib turgan botin pardalarini ochib,
Janobi Haq rozi bo’lgan haq yo’lda yurishni, Uning yo’lini sevishni va Alloh taoloning
diydorini ko’rishni nasib aylasin. Bundan keyingi umrimizda Allohning sevgan qullaridek,
taqvo ahlidan bo’lgan qullaridek, isloh topgan qullaridek sirotal mustaqimga - to’g’ri, haq
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
Do'stlaringiz bilan baham: |