www.ziyouz.com
kutubxonasi
122
ihyo qilish – bedor o’tkazish zarur. Birinchidan, o’sha kecha xufton namozi va ertalab
bomdod namozini jamoat bilan ado etish kerak. Bu nafaqat kechaning balki butun
kunning fayzli o’tishini ta’minlaydi. Tongga qadar, shomga qadar ibodat qilganning
savobini oladi. Shuning uchun Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: «Bu ikki
namozni masjidda ado etishga harakat qiling», – deganlar. Chunki, bu ikki namoz
vaqtlarida inson faoliyati susayadi. Nafs va shayton u insonni «ko’p charchading,
masjidga bormay, uyingda namozingni o’qib qo’yaqol», – deb vasvasaga soladi. Issiq
yotog’idan turib masjidga borib jamoat bilan namoz o’qishiga to’sqinlik qiladi.
Shu bois Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: «Munofiqlar bu ikki namozni
bajarishda qiynaladilar», – deganlar. Bu ikki namozni masjidda jamoat bilan ado etish
komil, mo’min-musulmonlarning ishidir.
Zero, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytganlaridek:
«Jamoat bilan namoz o’qishning savobi yigirma yetti barobar ortiqdir». Mahalla
masjidida namoz o’qisa shunday. Katta jome masjidlarida o’qilgan namozga esa ellik
barobar savob beriladi.
Yana bir xususni eslatib o’tmoqchiman. Payg’ambar sallallohu alayhi vasallam deydilar:
Ya’ni, «Bir yerda beshta musulmon uyi bo’lsa, besh uyning birlashgan joyida azon
aytish, iqomat keltirib, jamoat bilan namoz o’qish lozim. Agar azon aytilmasa, iqomat
keltirmay, namozni jamoat bo’lib o’qimasalar, shayton ularga o’z hukmini o’tkazadi va
istaganicha ezadi. Natijada ular shaytonning buyrug’i ostiga kiradilar», – deb aytdilar.
O’lchov – beshta uy. Bu besh uy qaerda bo’lmasin, yaylovdami, qishloqdami, dam olish
joyidami – farqi yo’q, ularning birlashgan joyida azon aytiladi, jamoat bo’lib namoz
o’qiladi. Shayton hukmronligi ostida bo’lgan insonlarning uyidan shovqin-suron, to’polon
arimaydi.
Negaki, ular shaytonning hokimiyatiga kirdilar. Unga asir bo’ldilar. Shayton ularni
barmoqlari kabi o’ynatadi...
Shayton-aldashga usta, tajribali, Hazrati Odam Ato zamonidan beri insonlarni aldab
kelayotgan bir maxluq. Inson shaytonning qo’liga tushdimi, changaliga kirdimi, bas, uni
mahv etadi.
Buning chorasi nima? Shayton o’z hokimiyatini qurolmasin deb azon aytiladi, iqomat
keltiriladi. Namoz shuning uchun foydali, jamoat shuning uchun zarur. Biror yerda azon
aytilmasa, iqomat keltirilmasa, shayton u yerga hokim bo’ladi.
Go’la tog’lari etagida joylashgan bir o’rtog’imizning qishlog’iga bordik. Soatga qaradik:
azon o’qishmadi. «Nimaga?» – dedik. Imom nafaqaga chiqibdi, yangi imom kelmabdi,
qishloqda azon aytilmayapti. Ahvolingiz yomon bo’ladi, dedim! Qishloqda masjid bor,
minora bor, jamoat bor, lekin namoz o’qilmayapti. Hamma uyida o’qimoqda. Nima,
birorta azon aytadigan inson yo’qmi? Chiroyli bo’lishi shart emas, axir go’zallik
musobaqasi bo’lmayapti-ku?! Chiq, ovozing boricha o’qi, ixlos bilan «Allohu Akbar»
degin – tovushingni to’rt tomon eshitadi.
Uy egasiga: «O’zing azon aytasan, o’zing imomlik qilasan va shu qishloqni azonsiz
tashlab qo’ymaysan. Qani, masjidga ketdik!» – dedim. Masjidga bordik, u minoraga
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
Do'stlaringiz bilan baham: |