«Nafs – agar Parvardigorimning O’zi rahm qilmasa - albatta barcha
yomonliklarga buyurguvchidir».
Insonga yomonliklarni amr etadi: «Ich shu
ichkilikni, shu gunohni qil, shu yaxshilikdan voz kech!.. Kel, yot, namoz o’qima!..
Zakotingni, sadaqangni berma, puling kamayadi...» U ham bir dushmandir.
5. Yana bir ko’rinmas boshqa bir dushman bor: ham tashqarida, ham inson tomirlari
ichida qon kabi aylanib yuradigan shaytondir. U insonga vasvasa beradi. Yomon ishlarni
talqin etib, haq yo’ldan chiqarishga, jahannamiy qilishga intiladi.
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com
kutubxonasi
116
Ana shuncha dushmanlarning ichida musulmonlar kimdan panoh izlaydi? Alloh taolodan!
«Albatta, imon keltirgan va yolg’iz Parvardigoriga tavakkul qiladigan zotlar
ustida (shayton) uchun hech qanday saltanat – hukmronlik yo’qdir».
Toat-
ibodatlar, tutilgan ro’zalar ila Alloh taolo musulmon insonga nafsini tarbiyalashni nasib
etadi. Qarang, birgina ramazon oyida ko’p narsalarni o’rgandik, jumladan, nafsimizni
nazorat etishni o’rgandik. Chunki nafs ham doimiy tarbiyaga muhtoj. Kofir, munofiq,
hasadchi va hokazo – hammasiga qarshi «Hasbunallohu va ni’mal vakil» deymiz.
Qanchalik dushman ko’p bo’lishiga qaramay inson Allohga qul bo’lgach va Unga
suyangach, Alloh taolo hazratlari unga dunyo va oxiratning xayrlarini ehson etadi.
Alloh bizni O’ziga jonu ko’ngildan ishonuvchi haqiqiy mo’’minlardan aylasin! Qalbimizni
imoni komil ila, Hazrati Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga muhabbat ila, Alloh
taolo hazratlariga sevgi ila to’ldirsin! Haq yo’lidan adashtirmasin! O’ziga tavakkul etgan
baxtiyorlardan aylasinki:
«Albatta, Alloh O’ziga suyanib (ish qilguvchilarni) sevadi»
, – deb buyuradi.
Bir mashhur hadisi sharifni eslatay sizga:
«Quyidagi uch narsa kimning ichida joylashsa, u imonning lazzatini tuyadi, dimog’i imon
lazzati ila to’ladi, mo’’mini komil bo’ladi, hech kim uni yo’lidan qaytarolmaydi. Alloh taolo
hazratlarining yo’lida shod-xurram ibodat qilar:
1. «Alloh va Rasulini boshqa hamma narsadan ortiqroq sevish».
Bu esa mol-mulk va dunyo sevgisi, farzand sevgisi, mavqe, maqom, shon-shuhrat
sevgisi kabilarga yuqori baho bermaslik bilan, ularni ko’ngildan chiqarib tashlash bilan
bo’ladi. Bularning hammasini inson o’zidan yiroqlashtiradi va Allohga va Rasululloh
sallallohu alayhi vasallamga bog’lanadi.
2. «Musulmon birodarlarini faqat Alloh uchun sevadi».
Mana, bu sevgini ham o’rganishimiz lozim! Bayram hurmati uchun kibru hasaddan, ujub
va jaholatdan, gina-kudurat, kek saqlashdan qalbimizni pok tutamiz. Alloh rizosi uchun
bir-birimizni sevamiz!.. Bu sevishni bardavom etmagunicha insonning kamolatga
yetishishi mumkin emas. Masalan, masjidda birgalashib bir qatorda namoz o’qiymiz,
qalblarimiz esa biz istaganchalik bir-biriga iliq emas.
3. Alloh imon nasib etib, najot topganidan keyin takror kufrga botishdan xuddi olovdan
qo’rqqandek qo’rqishi lozim insonning!..
Bu hadisi sharifni hayotga qanday tadbiq etamiz? Ramazondan oldin biz boshqa bir
holda edik. Ramazonda ahvolimizni tuzatdik, go’zal bir holatga erishdik. Endi takror eski
holimizga tushib qolishdan, otashda yonishdan qo’rqqan kabi qo’rqamiz. Vabodan
qochgandek qochamiz. Bu go’zal holni muhofaza qilishga intilamiz.
Alloh taolo hazratlari barchamizni rahmatu mag’firatiga noil aylasin! Necha-necha
ramazonlarga sog’-salomat qovushmoqni nasib etsin!
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
Do'stlaringiz bilan baham: |