www.ziyouz.com
kutubxonasi
109
Qarang, muhtaram birodarlarim: tush ko’radi bu oshiq... Tushida Rasululloh sallallohu
alayhi vasallam hazratimizni ko’radi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam hazratlari:
«Farzandim, hajing qabul bo’ldi. Qog’oz-qalam keltir, bu hajingning qabul bo’lganligini
bir qog’ozga yozib, imzolab berayin!» – demishlar tushida...
U ham ichkaridagi xonaga kirib ketibdi; qog’oz qidirarmish, qalam qidirarmish,
Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga qog’oz olib borib berayin, deb... Qog’oz, qalamni
topib, olib kelibdi. Qarasa, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam o’tirgan joyda shayxi
o’tiribdi. Tabiiy, buning ma’nosi shuki: shayxi Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning
haqiqiy vorisi, degani...
Inson hajni tugatgunga qadar bu qadar iltifotga erishmog’i naqadar go’zal emasmi?..
Hajing qabul bo’ldi, farzandim! Keltir, qog’ozga buni yozib, imzolab berayin!» –
deyaptilar Rasululloh sallallohu alayhi vasallam tushda... Qanday baxt?.. Bu voqea meni
juda ham ta’sirlantirdi.
Shuning uchun aziz va muhtaram birodarlarim!.. Shu muborak kunlarda duo qilaylikki,
Alloh tushlarimizda bizga ham Rasululloh sallallohu alayhi vasallamni ko’rsatsin.
«Ramazoning qabul bo’ldi, farzandim», – deya Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning
iltifotini Alloh barchamizga nasib aylasin!
«Subha’naka la’ ilma lana’ illa’ ma’ allamtana’ innaka antal ali’mul haki’m». Subha’na
rabbika rabbil izzati amma’ yasifu’n va sala’mun alal mursali’n val hamdu lilla’hi rabbil
a’lamiyn», al-fotiha!..
13 fevral 1995/13 Ramazon 1415
RAMAZON ORTIDAN
A’u’zu billa’hi minash shaytonir raji’m.
Bismilla’hir rahma’nir rahi’m.
Olamlarni tarbiyat qiluvchi Alloh taologa beadad, go’zal va muborak (barakotli) hamd
bo’lsin! Uning Zoti azamatiga va saltanatining buyukligiga qandayin hamd sazovor
bo’lsa, shunday hamdu sanolar bo’lsin! Va Sayyidimiz – Muhammad alayhissalomga va
uning ahli xonadoniga va ashoblariga va Unga sidqidildan tobe’ bo’lgan barcha
izdoshlariga salotu salomlar bo’lsin!.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu aziz va muhtaram birodarlarim!..
Barchangizga Alloh taolo hazratlarining salomi, rahmati, barokati, lutfi, ehsoni, ikromi
bo’lsin! Alloh taolo ramazondan ayrilganimizdan keyin bayramga yetishgan shu
kunimizda hammamizni mag’furin guruhiga doxil aylasin... Bizlarni ham rahmatiga
erishgan baxtiyorlarning qatoriga qo’shsin...
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hazratlari ramazon oyini madh etib, bir hadisi
shariflarida marhamat qilganlaridek, bu shunday bir muborak, barakot va xayr oyidirki,
Alloh taolo hazratlari bu oyda rahmatini tushiradi, bandalarining xatolarini, gunohlarini
avf etadi, duolarini qabul qiladi. Qullarining ibodatlaridagi musobaqasiga, g’ayratiga
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
Do'stlaringiz bilan baham: |