www.ziyouz.com
kutubxonasi
104
U faylasuf bo’lganligi uchun, shunday javob berdim, deb tushuntiradi:
«Allohning ichkilik sanalmish turlaridan juda ko’plab halollari borki, u halollarni tashlab,
haromga qo’l uzatishga hojat yo’q!»
Bir latifada aytadilar: Oldingi davrda shaharlarda ichkilik ta’qiqlangan ekan. Kechki
yo’lovchilar karvon bilan ketayotgan ekanlar. Dasturxon yozibdilar, ichkilik bilan yeyish
uchun gazak qo’yibdilar. Tuyakash dasturxonga qarab, ishtahasi ochilib, nafsini jilovlay
olmay: «Boylar, ulug’ kishilar dasturxon yozganlar. Kim biladi, qaymoq bordir, asal
bordir, shirinliklar bordir, shaharliklarning ovqatlari bordir..», – deya xayolidan
o’tkazayotsa, «Kel!» deb, uni ham taklif qilishibdi.
U ovqatlardan totib ko’ribdi. Bir qadah aroq ichibdi. Og’zidan ichaklarigacha olovdek lov-
lov yonibdi. Ko’zlaridan-da o’t chiqib ketibdi. O’qchibdi, aksiribdi. Ko’zdan yoshlar oqibdi.
Keyin odamlarga achingan ko’yi boqib: «Og’aynilar, siz buni hukumat kuchi bilan
ichasizmi?» – debdi. Ya’ni hukumat zo’rlayaptimi, bu chirkin, iflos, achchiq, sog’liqqa
zararli, jigarni xarob qiluvchi, oshqozonni shiluvchi narsani ichayaptilar?.. Qonuniy
majburiyat bormi, tepangizda askar qarab turibdimi?..
Sigaret ham shunday. Orangizda qanchalab sigaret chekkanlar bordir. Sigaretaning ham
foydasi yo’q! Tutunini yel olur, pulini el olur, sizga esa dard qolur... Zahar tarqatadi,
kasallik va rohatsizliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun halollar bor ekan,
halollardan foydalanish kerak, azizlar...
Buni qarangki, Ramazon oyida ehtiyojimiz bo’lgani holda Allohning halol qilgan
narsalaridan ham tiyilamiz. Ehtiyojimiz bo’lmagan, nomini tilga olib bo’lmaydigan
haromlarga esa aslo qo’l uzatmaymiz. O’zimizni tutishni o’rganamiz. Bir oy taqvo darsini
olgan bo’lamiz. Ro’zaning hikmatlaridan biri: Alloh insonlarga jahannamdan ehtiyot
bo’lishni, saqlanishni amr etdi, jahannamdan saqlanish uchun inson o’z orzu-havaslarini
jilovlashi lozim! Buning uchun esa irodani tarbiyalash kerak.
Milliy ta’lim-tarbiya tizimimizning eng katta nuqsonlaridan biri – ilm o’rgatadilar, lekin
axloq-odob o’rgatmaydilar. Vijdon darsi yo’q, axloq darsi yo’q; faqat ilm o’rgatadilar,
xolos. Holbuki, axloq darsi hammasidan ko’ra muhimroq... Inson ilmsiz bo’lishi mumkin,
ammo go’zal axloqli bo’lsa, ko’p foydali bo’ladi.
Islomning ilk davrlarida, Hazrati Umar xalifa ekan, Makkayi mukarramaga yo’l oladi.
Yoniga birodarlaridan (do’stlaridan) birini olgan; askar yo’q, tantana yo’q, oddiy bir
yo’lovchi kabi Makkaga qarab ketayaptilar. Charchab, bir yerga o’tiradilar. U yerda bir
cho’pon qo’ylarini o’tlatib yurgan bo’ladi. Hazrati Umar cho’ponni chaqirib:
«Shu qo’ylaringdan bittasini bizga sot!» – deydilar.
Bola qarshisidagi kishining kimligini bilmaydi, aytadiki:
«Qo’ylar meniki emas... Men oddiy bir cho’ponman, egasi emasman, sotolmayman!».
«Sotaver, bo’ri yedi deysan, nima bo’lardi?..»
Shunda cho’pon bola:
«Xo’p, qo’ylarning egasini ham alday oldik, deylik, Allohni ham alday olamizmi?..», –
deydi.
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
Do'stlaringiz bilan baham: |