«Sizlar qaerda bo’lsangizlar U sizlar bilan birgadir».
«Ko’zlar unga yeta olmas. U ko’zlarga yetar!»
Asablar ko’zdan idrokni miyaga olib boradi. Alloh o’shalarni ham biladi.
Ibodatdagi ehson – shu. Allohni ko’rib turgandek Allohning ko’rayotganini bilib, Alloh
menga qarayapti, ko’rib turibdi, deb ixlos bilan ibodat qilmoqlik. Ammo:
«Alloh har narsada insonni ehsonga amr qilgandir». Mo’’min bajarayotgan har narsani
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com
kutubxonasi
87
yaxshi, chiroyli bajarishga buyurilgan. Etikdo’z etigini mustahkam tikadi. Nonvoy nonini
yaxshi yopadi, tikuvchi narsalarni bejirim tikadi, xattot chiroyli yozadi. Har bir kishi
bajarayotgan ishini eng go’zal shaklda bajaradi. Qassob hayvonga azob bermaslik uchun
pichog’ini yaxshilab o’tkirlaydi. Chunki Alloh muhsinlarning, chiroyli bajaradiganlarning
ajrini zoe’ qilmaydi. Mukofotini beradi, chunki mo’’minga har narsaning chiroylisi
yarashadi. Mo’’minga chiroylisini bajarish va chiroylisiga mazhar bo’lish yarashadi.
Alloh taolo amallarimiz, fe’llarimiz, toatlarimiz va ishlarimizni chiroyli, go’zal qilib
bajarishni nasib aylasin! Va mukofotlarining eng go’zaliga, ne’matlarining eng
mukammaliga erishishni, yurtlarning eng go’zali bo’lgan jannat diyoriga kirishlikni,
Allohning eng sevimli bandalari bilan qo’shni bo’lishlikni nasib aylasin!
«Subha’naka la’ ilma lana’ illa’ ma’ allamtana innaka antal ali’mul haki’m». Subha’na
rabbika rabbil izzati amma’ yasifu’n va sala’mun alal mursali’n val hamdu lilla’hi rabbil
a’lamiyn», al-fotiha!
12 fevral 1995 / 12 Ramazon 1415
KUNDALIK ZIKRLAR
A’u’zu billa’hi minash shaytonir raji’m.
Bismilla’hir rahma’nir rahi’m.
Olamlarni tarbiyat qiluvchi Alloh taologa beadad, go’zal va muborak (barakotli) hamd
bo’lsin! Uning Zoti azamatiga va saltanatining buyukligiga qandayin hamd sazovor
bo’lsa, shunday hamdu sanolar bo’lsin! Va Sayyidimiz – Muhammad alayhissalomga va
uning ahli xonadoniga va ashoblariga va Unga sidqidildan tobe’ bo’lgan barcha
izdoshlariga salotu salomlar bo’lsin!
Aziz va muhtaram birodarlarim.
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bomdod namozini masjidda jamoat bilan o’qib
bo’lgach, o’tirib zikr qilishni va ibodatlar bilan mashg’ul bo’lishni sevardilar. Bu go’zal
odatni o’z hadisi shariflari orqali bizlarga ham tavsiya etganlar.
Imom Termiziy raziyallohu anhu hazratlarining, Sihahi Sitta kitoblarining birisidagi, Anas
raziyallohu anhudan rivoyat qilingan bir hadisi sharifda Payg’ambarimiz sallallohu alayhi
vasallam shunday buyurganlar:
Imom Termiziy bu hadisi sharifni ahsan hadis, deb ataganlar. Ma’nosi shunday: Kim
bomdod namozini jamoat bilan masjidda o’qib, keyin quyosh chiqqunicha o’tirib, Allohni
zikr qilsa va karohiyat vaqti chiqqanidan keyin turib ikki rak’at namoz o’qisa, shu
qilganlari unga to’la haj va umraning savobini olishga sabab bo’ladi, to’la haj va
umraning savobini, to’la haj va umra savobi!» – deb uch marta buyuradilar. Bu xususda
boshqa rivoyatlar ham bor.
Hazrati Umar raziyallohu anhu shunday rivoyat qiladilar:
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Madinai munavvarada bo’lgan paytlarida
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
Do'stlaringiz bilan baham: |