www.ziyouz.com
kutubxonasi
36
ketadi, qarini ham. Kasal o’rnida yotaveradi, ammo unga qarab turgan qarovchisi ketadi.
Bolasi o’ladi, otasi qoladi. Allohning ishini bilish qiyin! Shuning uchun ham o’lim
kelmasdan burun tavba qilish kerak!»
Hadisda aytilishicha, Rajab – Alloh qullarini avf etadigan oy ekan.
Nima degani bu? Butun oylar, butun yillar, butun dunyo, butun oxirat, hamma narsa
Allohniki. Rajab ham Allohniki bo’lib, bu oyda qullarini kechirib, tavbalarini qabul qiladi...
Shuning uchun ham o’sha vaqtdan boshlab tavba qilish lozim. Aslida, inson tavba qilishi
lozimligini anglagan zahoti bir muddat ham kechiktirmasdan, darhol tavba qilishi kerak!
Hadisi sharifda «O’zing ham oxiratni talab qilasan, ya’ni jannatga kirishni xohlaysan-u,
qani amali solihing, qani qilgan xayru ehsonlaring, ibodatlaring? Jannatni xohlaysan-u,
jannatiy amallarni qilmaysan. Hali ham boshlamagansan. Qachongacha buni
kechiktirasan?» – deb aytilmoqda.
«Ey Odam o’g’li! Nima qilmoqdasan o’zi?.. Obidlarning so’zini gapiryapsan, ammo o’zing
munofiqlarning ishini qilyapsan?» Odamlarning gaplari chiroyli bo’ladi. Shuning uchun
eskilar shunday deganlar:
«Nasihat qilish oson, uni qabul qilish esa mushkul». Ammo yaxshi nasihatni eshitish
bilanoq qabul qilish kerak. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam davridagi
sahobiylar yaxshi bir so’zni eshitishlari bilanoq qabul etar va unga amal qilar edilar. Bu
zamonning odamlari esa nasihatni eshitadilar, uni qirq marotaba tushunib, haqli
ekanligini bilib ham unga amal qilmay yuraveradilar.
«Ichkilik haromdir» oyati tushishi bilanoq Madinada kimning uyida ichkilik bo’lsa, darhol
ko’chaga olib chiqib, to’kib tashladilar. Ko’chalarda aroq seldek oqdi. Nega shunday
qildilar? Oyat nozil bo’lgani uchun, albatta. Hozir odamlarning otasi musulmon, onasi
musulmon, bolasi esa ichkilikka berilgan, tashlamaydi. Ichkilik – gunoh deysiz, baribir
ichaveradi. Ammo o’zi nasihat qiladi: boshqasini oldiga o’tqazib olib: «Sigaret
chekma!»–deydi-yu, o’zining kissasida sigaret turibdi. Qarshisidagiga to’g’risini
gapirmoqda, lekin o’zi teskarisini bajarmoqda.
Obidlarning gapini gapirib, munofiqlarning hayotini yashamoqda. Munofiqning bosh sifati
nima? Munofiq – yolg’on gapiradi, va’dasida turmaydi, omonatga xiyonat qiladi, ya’ni,
ishonchsiz bir inson. So’zi boshqa, ishi boshqa. Mo’’min esa bunday emas: uning ishi
sog’lom, so’zida sodiq turadigan ishonchli kishidir.
Bir kishi Istanbuldagi bir do’stimizning muborak otalaridan – (U muborak zot vafot
etdilar. Alloh rozi bo’lsin. Merosini o’g’li darhol jome’ qurishga sarf qildi). – «Hoji ota,
anchagina ehtiyojim bor, qarz berib tursangiz menga», – deb aytibdi. «Bolam, kassa u
yerda! Borib qancha qarz kerak bo’lsa, oling!» – deb yuboribdi. O’zi hatto kassasining
oldiga bormagan ham. U esa, borib qancha kerak bo’lsa olibdi. Ma’lum bir vaqtdan keyin
kelibdi va «Hoji ota, bilasizmi, men sizdan bir vaqtlar qarz olgan edim, o’shani olib
keldim», – deb aytibdi. «O’g’lim, kassa o’sha yerda! Olib borib qo’ygin u yerga!» – deb
jo’natibdi. Ana shu otaxon bir kuni o’g’lining ishxonasiga kelibdi. Qarasa, stolning ustida
har xil qog’ozlar, fakturalar, veksellar, «Bular nima o’zi?» – deb so’rabdi. «Imzoli
veksellar?..» «Voy, voy, voy! Ishlarimiz shunday qog’ozlarga qoldimi endi! Bizning
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
Do'stlaringiz bilan baham: |