www.ziyouz.com
kutubxonasi
127
Biror banda Allohni zikr etsa, Alloh ham uni zikr etadi:
«Bas, Meni eslangiz, Men ham sizni eslayman»
– deb buyurmoqda Alloh taolo.
Banda Allohni biror jamoat bilan birga zikr etsa, Alloh ham u qulini biror xayrli jamoat
orasida zikr etadi. Shu asnoda zikr Alloh bilan qulining yaqinlashuvi, Allohning o’z qulini
sevishi va qulda Allohga bo’lgan ishqi ilohiy – muhabbatullohning hosil bo’lishiga olib
boradi. Bu jihatdan zikr – ibodatlarning afzali va kechani ihyo qilish shakllaridan biri.
Ba’zi namozlar borki, ularni Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hayotlik
davrlarida o’qigan ekanlar. Shulardan biri – tasbeh namozi. Bu namozni o’qish davomida
uch yuz marotaba: «Subhonalloh val hamdu lilla’hi vala’ ila’ha illallohu vallohu akbar», –
deb aytiladi. Har o’ntadan yoki o’n beshtadan keyin «Va la’ havla’ vala’ quvvata illa’
billahil aliyyil azi’m», – deb qo’shib qo’yiladi. To’rt rakatli bu namozni bir kishi o’qisa
ham, jamoat bo’lib o’qisa ham bo’ladi. Bu Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning
sahih hadislaridan rivoyat qilingan juda ham fazilatli namozlardan biri. Bunga o’xshash
ibodatlar bilan kechangizni ihyo etishingiz mumkin...
Alloh taolo hammangizdan rozi bo’lsin...
23 noyabr 1995 Rag’oyib kechasi
SHA'BON OYI
Muborak uch oylardan Sha’boni sharif kirib keldi. Ramazonga oz qoldi. Baroat kechasi
yaqinlashgani sababli ko’nglimiz taloshlandi. Sha’bon oyi Rasululloh sallallohu alayhi
vasallam hazratlarining oyidir. Chunki ul zot bu oyda ko’p ro’za tutar edilar, kechalari
tongga qadar ibodat qilib chiqar edilar. Oisha onamiz buning sababini so’raganlarida:
«Ey Oisha, bu oy malakul-mavt – o’lim farishtasi Azroilga yil davomida vafot etadiganlar
ro’yxati yozdiriladigan oydir. Men esa bu oyda ismimning ro’zador holda qayd etilishini
istayman», – deb marhamat qildilar U zot sallallohu alayhi vasallam.
Sahobai kirom va o’tmish avliyoulloh ulug’larimiz ham bu oyda ko’p ro’za tutishar,
Qur’oni karim tilovat qilishar, Payg’ambarimizga salovotlar aytishar, Allohdan afvu
mag’firat tilab, ul zotni vasila qilar edilar. Boylar kambag’allarga zakotlarini berib,
ularning ramazon ro’zasini qiynalmay tutishlarini ta’minlar, voliylar shariatga muvofiq
mahkumlarni hibsdan ozod etar, tujjorlar qarzdorlarning qarzlarini uzib, ularni
qarzdorlikdan xalos etishar va nihoyat ramazon hilolini ko’rgach, g’usl tahorati olib
e’tikofga kirar edilar.
Baroat kechasi sha’bon oyining eng muhim kechasidir. Shuningdek, yilning eng
muborak, eng e’tiborli, qadrlanadigan qimmatli kechalaridandir. Bu kecha yer yuziga
ilohiy rahmat, barakot va xayr nozil bo’lgani uchun uni, hatto malaklar ham bayram
qilishadi.
Alloh taolo bu kecha shirk keltirganlar, bir-birlariga kina, adovat tutganlar, do’stu
qarindoshlaridan aloqani uzganlar, sehrgarlar, kohinlar, sarxushlar, yulg’uchlar,
nomussizlardan tashqari ko’plab imon egalarini avfu mag’firat qiladi.
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
Do'stlaringiz bilan baham: |