Topshiriq.
Matnni o‘qing va mazmunini gapirib bering.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
20
O‘zbekiston Respublikasi O‘rta Osiyo iqtisodiy rayonining
markaziy qismida, Amudaryo bilan Sirdaryo singari ulkan daryolar
oralig‘ida joylashgan. Respublika hududining uzunligi g‘arbdan sharqqa
qadar 1425 kilometr, shimoldan janubga qadar 930 kilometr. O‘zbekiston
o‘z hududining kattaligi jihatidan Yevropadagi Buyuk Britaniya,
Belgiya, Daniya, Shveysariya, Avstriya davlatlarini birga olganda
ulardan kattalik qiladi.
Respublika shimoliy - sharqda Qozog‘iston, sharqda va janubiy -
sharqda Qirg‘iziston hamda Tojikiston, g‘arbda Turkmaniston va
janubda Afg‘oniston bilan chegaradosh.
O‘zbekiston Respublikasida tekislik va tog‘li relyef o‘ziga xos
ravishda qo‘shilib ketgan. Tekisliklar (asosan, Qizilqum sahrosi) janubiy -
g‘arbiy va shimoliy - g‘arbiy qismida joylashgan. Tog‘lar va tog‘
yonbag‘irlari respublika hududining taxminan uchdan bir qismini
egallagan bo‘lib, sharq va janubiy - sharqda joylashgan.
O‘zbekistonning tog‘li qismi G‘arbiy Tyan-Shan va Hisor-Oloy tog‘
tizmalariga kiradi, O‘zbekiston tog‘larining eng baland cho‘qqisi –
4643 metrdir.
O‘zbekiston -- quyoshli respublika. Bu yerda bir yilda quyoshli
kunlar hududning shimoliy qismida 2700 – 2980 soat, janubiy qismida
2800-3130 soatga yetadi. Qiyoslash uchun G‘arbiy Yevropa davlatlarida
O‘rta Osiyodagi darajaning 70-80% ni tashkil etishini eslatib o‘tish
kifoya. Shu jihatdan olib qaraganda AQSH g‘arbiy rayonlarining janubiy
qismida joylashgan Kaliforniya shtatigina O‘rta Osiyo, jumladan
O‘zbekiston bilan raqobat qila olishi mumkin.
6 - mashg‘ulot
Suhbat
- O‘zbekistonda qanday kasb bayramlari nishonlanadi?
- Bizda bunday bayramlar juda ko‘p. Quruvchilar kuni, radio xodimlari
kuni, energetiklar kuni va boshqalar.
- O‘qituvchilar kasb bayrami qachon nishonlanadi?
- Bu bayram bizda 1- oktabr kuni nishonlanadi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Farmoniga ko‘ra bu kun umumxalq bayrami - Ustoz va
murabbiylar kuni deb e’lon qilingan va dam olish kuni hisoblanadi.
Topshiriq.
Savollarga yozma javob bering.
21
1. Birinchi o‘qituvchingiz kim bo‘lgan? 2. U kishining qaysi
fazilatlari yodingizda qolgan? 3. Ustozingiz sizni qaysi fanlarga ko‘proq
qiziqtira olgan, deb o‘ylaysiz? 4. Hozir ham ustozingizni yo‘qlab
turasizmi? 5. U kishini qaysi fazilatlari uchun hurmat qilasiz?
Topshiriq.
Berilgan so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
Mehribon, samimiy, chinakam do‘st, insoniylik, borib turmoq.
Rasm
1 - OKTABR – USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI
22
Lug‘at ishi
ochiq ko‘ngil добродушный
xat - savod грамота
ozmuncha mehnat qilmagan немало потрудился
jajji маленький
mashaqqatli трудный
yo‘qlab turmoq навещать
qadrlamoq ценить, уважать
anglab yetmoq осознавать
sira ни как
Do'stlaringiz bilan baham: |