boquvchi emas. Agar farazan Sizga kelgan bilim (vahiy)dan keyin ham ularning
havoyi nafslariga ergashsangiz, u holda shubhasiz zolimlardan bo‘lib qolasiz.
146. Biz kitob ato etgan kimsalar (yahudiy va nasroniylar) Uni (Muhammad
payg‘ambarni) o‘z farzandlarini tanigan kabi taniydilar. (Ya’ni o‘zlarining ilohiy
kitoblarida u haqda o‘qiganlar.) Va albatta ulardan bir guruhi bilganlari holda
haqiqatni berkitadilar.
147. Bu haqiqat (ya’ni qiblaning o‘zgarishi) Parvardigoringiz tomonidandir.
Bas, shubha qilguvchilardan bo‘lmang!
148. Har kimning o‘z yuzlanadigan tarafi bor. Bas, yaxshi ishlarga shoshilingiz!
Qaerda bo‘lmang, Alloh sizlarni (hisob-kitob) uchun keltiradi. Albatta Alloh har
narsaga qodirdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |