taqvodor bo‘lishingiz uchun undagi oyatlarni yodda tutingiz!» degan paytimizni
eslang.
172. Parvardigoringiz Odam bolalarining bellaridan (ya’ni pushti kamarlaridan
to qiyomat kunigacha dunyoga keladigan barcha) zurriyotlarini olib: «Men
Parvardigoringiz emasmanmi?», deb, o‘zlariga qarshi guvoh qilganida, ular:
«Haqiqatan Sen Parvardigorimizsan, bizlar bunga shohidmiz», deganlarini
eslang! (Sizlardan bunday guvoxlik – ahd-paymon olishimiz) qiyomat kunida:
«Bizlar bundan bexabar edik», demasliklaringiz uchundir.
173. Yoki: «Axir ilgari ota-bobolarimiz mushrik bo‘lgan esalar, bizlar ulardan
keyin kelgan (va ularning o‘rgatgan yo‘llariga ergashgan) avlod bo‘lsak, o‘sha
nohaq yo‘lda o‘tgan kimsalarning qilmishlari sababli bizlarni halok qilurmisan»,
Do'stlaringiz bilan baham: |