haddan oshuvchi kimsalarni (ya’ni el ko‘ziga ko‘rsatish uchun riyokorlik
qiluvchilarni) sevmas.
56. Va (Allohning dini bilan) o‘nglab qo‘yilganidan keyin, yerda (kufr yo‘lini
tutib) buzgunchilik qilmang! U zotga (azobidan) qo‘rqib, (rahmatidan) umidvor
bo‘lgan holingizda ibodat qilingiz! Zero Allohning rahmati chiroyli amal
qiluvchilarga yaqindir.
57. U shunday zotki, O’z rahmatining (ya’ni yomg‘irning) oldidan xushxabar
qilib shamollarni yuborur. Qachonki ular vazmin bulutlarni ko‘tarib kelgach, Biz
uni (bulutni, chanqoq) o‘lik shaharga yog‘dirurmiz. Bas, unga suv-yomg‘ir
yog‘dirib, uning yordamida har turli mevalar chiqarurmiz. O’liklarni ham (o‘z
joylaridan) mana shunday chiqarurmiz. Shoyad eslatma-ibrat olsangizlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |