5. Zero, Biz sizga og‘ir So‘zni – Qur’onni tushirajakmiz.
6. Albatta kechasi (ibodat uchun bedor bo‘lib) turish (tun uyqu-orom vaqti
bo‘lgani sababli) juda og‘ir yukdir va (lekin u paytda kunduzgi bezovtaliklar
bo‘lmagani uchun) eng to‘g‘ri so‘zdir.
I z o h.
Tun sukunatida ibodat qilayotgan kishi Qur’onni ham adashmay tilovat qiladi,
duo-iltijolarni ham huzuri dil bilan bexato qiladi va bu vaqtda o‘zgalar uyqu-g‘aflatda
bo‘lgani uchun uning qilgan ibodati — o‘qigan namozi beriyo, ya’ni yolg‘iz Alloh uchun
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |