32. (Shunda Zulayho): dedi: «Mana shu yigit haqida sizlar meni malomat qilgan
edingiz. Darhaqiqat, uni yo‘ldan urmoqni bo‘lganimda, u pokdomonlik qildi –
bo‘yinsunmadi. Qasamki, agar mening amrimni bajarmas ekan, albatta
zindonga tashlanur va xor-zor qilinur».
33. (Yusuf) dedi: «Parvardigorim, men uchun bular meni chorlayotgan
narsadan ko‘ra zindon yaxshiroqdir. Agar O’zing mendan ularning makrlarini
nari qilmasang, ularga ko‘ngil berib nodon kimsalardan bo‘lib qolurman».
34. Bas, Parvardigori (Yusufning duosini) ijobat qilib, ularning makrlarini
undan nari qildi. U zot, shak-shubhasiz, eshitguvchi, bilguvchidir.
35. So‘ngra, ularga (ya’ni Misr hokimi va uning odamlariga Yusuf pok ekanligi
haqidagi) oyat-alomatlarni ko‘rganlaridan keyin, uni bir vaqtgacha (ya’ni gap-
Do'stlaringiz bilan baham: |