Qur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
299
26. (Nuh) aytdi: «Parvardigorim, ular meni yolg‘onchi qilganlari sababli O’zing
menga yordam qilgin (va ularni halok qilgin)».
27. Bas Biz unga vahiy qildik: Bizning hifzu-himoyamizda va Bizning vahiy-
ta’limimiz bilan bir kema yasagin. Bas qachon Bizning farmonimiz kelib,
tannurdan (olov o‘rniga) favvoralar otilgan vaqtida u kemaga har (jonivordan)
bir juftdan va ahli-oilangni solgin. Lekin (kofirlardan) qaysi kimsalar ustida
Bizning so‘zimiz (ya’ni suvga g‘arq bo‘lishi haqidagi hukmimiz) o‘tgan bo‘lsa
(ularni tark qilgin) hamda u zolim kimsalar haqida (ya’ni ularga najot
Do'stlaringiz bilan baham: