221. To iymonga kelmagunlaricha mushrika ayollarga uylanmangiz! Shubhasiz,
ozod mushrika ayoldan — garchi u sizga yoqsa-da,— iymonli cho‘ri
yaxshiroqdir. To iymonga kelmagunlaricha mushrik erlarni (qizlaringizga)
uylamangiz! Shubhasiz, ozod mushrikdan — garchi u sizga yoqsa-da,— iymonli
qul yaxshirokdir. Ular (mushriklar) do‘zaxga chaqiradilar. Alloh o‘z izni-irodasi
bilan jannatga da’vat qiladi. Va odamlar eslatma olishlari uchun o‘z oyatlarini
bayon qiladi.
222. Sizdan hayz haqida so‘raydilar. Ayting: «U ko‘ngilsiz-nopok narsadir. Bas,
hayz paytida ayollaringizdan chetlaningiz va to poklanmagunlaricha ularga
yaqinlashmangiz! Pok bo‘lganlaridan keyin ularga Alloh buyurgan tarafdan
kelingiz! Albatta Alloh tavba qilguvchilarni va o‘zlarini mudom pok
Do'stlaringiz bilan baham: |