saqlaydigan sovutlar (yaratdi). U zot shoyad musulmon bo‘larsizlar, deb
sizlarga O’z ne’matini mana shunday komil qilib berur.
82. (Ey Muhammad), agar endi ham ular (sizdan) yuz o‘girsalar, u holda
sizning zimmangizda faqat (haqiqatni mana shunday) ochiq-oydin qilib
yetkazish bor, xolos.
83. Ular Allohning ne’matini tanirlar va keyin uni inkor qilurlar. Ularning
ko‘plari kofirlardir (ya’ni, Hech qachon Allohga iymon keltirmaydilar).
84. (Qiyomat) kuni har bir ummatdan bir guvohni (ya’ni, o‘sha ummatning
payg‘ambarini) keltirib qo‘yurmiz. So‘ngra (endi) kofir bo‘lgan kimsalarga
(tavba-tazarru qilish uchun) izn berilmas hamda ulardan (Alloh rozi bo‘ladigan
amallarga) qaytish ham talab qilinmas.
Do'stlaringiz bilan baham: |