45. Nuh Parvardigoriga nido qilib, dedi: «Parvardigorim, albatta, o‘g‘lim
mening ahli oilamdandir va shubhasiz, Sening (ahli oilamga najot berish
xususidagi) va’dang haq va’dadir. Sen eng adolatli hukm qilguvchisan».
46. (Alloh) aytdi: «Ey Nuh, u sening axlingdan emas! Albatta u(ning qilgan
amali kufr yo‘lini tutgani) yomon amaldir. Bas, o‘zing yaxshi bilmagan narsa
haqida aslo Mendan so‘ramagin! Albatta, Men senga johil-nodonlardan
bo‘lmaslikni buyuraman».
47. U (Nuh) dedi: «Parvardigorim, men Sendan o‘zim bilmagan narsani
so‘rashdan panoh tilayman! Endi agar meni mag‘firat qilib, O’z rahmatingga
olmasang, ziyon ko‘rguvchilardan bo‘lib qolurman».
48. (Shunda) aytildi: «Ey Nuh, Bizning tinch, salomat saqlashimiz bilan va
Do'stlaringiz bilan baham: |