178. Kufr yo‘lini tutgan kimsalar ularga bergan muxlatimizni zinhor o‘zlari
uchun yaxshilik deb hisoblamasinlar! Balki biz ularga faqat gunoxlarini ziyoda
qilishlari uchungina muxlat beramiz. Ular uchun xor qilguvchi azob bordir.
179. Alloh mo‘minlarni sizlar bo‘lgan mana shu holatda (ya’ni kim mo‘min-u,
kim munofiqligi ma’lum bo‘lmagan holatda) tashlab qo‘yuvchi emas. Hali u
(Uxudda munofiqlarni mo‘minlardan ajratib qo‘ygani kabi) nopokni pokdan
ajratadi. Alloh sizlarni g‘ayb ilmidan xabardor qilmadi. Lekin Alloh
payg‘ambarlaridan O’zi istagan zotlarni saylab olur (va uni g‘oyibdan xabardor)
ogoh qilur. Bas, Alloh va Uning payg‘ambarlariga iymon keltiringiz! Agar iymon
keltirib, Allohdan qo‘rqsangiz, sizlar uchun ulug‘ ajr — mukofot bordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |