100-101. Endi bizlar uchun na oqlovchilar va na biron qadrdon do‘st bordir.
102. Bas qaniydi yana bir marta (yashashning iloji) bo‘lsa-yu, bizlar ham
mo‘minlardan bo‘lsak».
103. Albatta bunda (ya’ni Ibrohim va uning qavmi haqidagi qissada) oyat-ibrat
bordir. (Lekin odamlarning) ko‘plari iymon keltirguvchi bo‘lmadilar.
104. Shak-shubhasiz Parvardigoringizning O’zi (kofirlar ustidan) g‘olib,
(mo‘minlarga) mehribondir.
105. Nuh qavmi payg‘ambarlarni yolg‘onchi qildi (ya’ni Nuhni ham, boshqa
payg‘ambarlarni ham inkor qildilar).
106. O’shanda ularga birodarlari Nuh aytgan edi: «(Allohdan)
qo‘rqmaysizlarmi?!
107. Albatta men sizlar uchun ishonchli payg‘ambardirman.
Do'stlaringiz bilan baham: |