Microsoft Word quran uz ziyouz com doc


Yuzlari oq bo‘lgan zotlar esa Allohning rahmati (jannati)da bo‘lib, o‘sha joyda abadiy qolajaklar



Download 0,69 Mb.
bet47/612
Sana12.07.2022
Hajmi0,69 Mb.
#779260
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   612
Bog'liq
quran uz ziyouz com

Yuzlari oq bo‘lgan zotlar esa Allohning rahmati (jannati)da bo‘lib, o‘sha joyda abadiy qolajaklar.

  • Bular Allohning oyatlaridir. Sizga ularni xaq-rost tilovat qilmoqdamiz. Alloh barcha olamlarga (ya'ni xech kimga) zulm qilishni istamas.

  • Osmonlar va yerdagi bor narsalar Allohnikidir. Va barcha ishlar yolg‘iz Allohga qaytarilajak.

  • (Ey ummati Muhammad), odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi bo‘ldingiz. Zero siz yaxshi amallarga buyurasiz, yomon amallardan qaytarasiz va Allohga iymon keltirasiz. Agar ahli kitob ham iymon keltirganda edi, o‘zlari uchun yaxshi bo‘lardi. Ulardan mo‘minlari ham bor va (lekin) ularning ko‘plari itoatsiz kimsalardir.

  • Ular sizlarga ozor berishdan boshqa hech qanday zarar yetkaza olmaydilar. Agar sizlar bilan urushsalar, ketlariga qarab qochadilar. So‘ngra ularga (hech kim tomonidan) yordam berilmaydi.

  • Agar Allohning va odamlarning (ya'ni musulmonlarning) axdi panohida bo‘lmasalar, albatta ularga qaerda bo‘lmasinlar, xor-zorlik bitib qo‘yildi. Ular Allohning g‘azabi bilan ketdilar va ularga bechoraxollik yozib qo‘yildi. Bunga sabab ularning Alloh oyatlarini inkor qilishlari va payg‘ambarlarni noxaq o‘ldirishlaridir. Bunga sabab ularning qilgan isyonlari va tajovuzkor bo‘lganlaridir.

  • (Ahli kitobning hammasi xam) barobar emas. Axli kitob orasida sajda qilgan hollarida tunlari Allohning oyatlarini tilovat qiladigan to‘g‘ri yo‘ldagi kishilar ham bor.

  • (O'sha zotlar) Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradilar, yaxshi amallarga buyurib, yomon amallardan qaytaradilar va yaxshilik qilishga shoshiladilar. Ana o‘shalar solih bandalardandirlar.

  • Ular qilgan biron yaxshilik berkitilmaydi (ya'ni zoe bo‘lmaydi). Alloh taqvodorlarni bilguvchidir.

  • Kufr yo‘lini tutgan kimsalarni na mollari va na bolalari Alloh tomonidan bo‘ladigan (azobdan) qutqara olmaydi. Ana o‘shalar jahannam egalari bo‘lib, o‘sha joyda abadiy qolajaklar.

  • Ular bu dunyoda (xo‘jako‘rsinga) qilgan infoq-ehsonlarining misoli xuddi dinsizlik bilan o‘zlariga zulm qilgan qavmning ekiniga tegib, uni halok qilgan sovuq shamolga o‘xshaydi. Ularga Alloh zulm qilmadi. Balki ular o‘zlariga zulm qildilar.

    I z o h . Ya'ni xuddi egalari kofir bo‘lganlari kasofati bilan ekinlarni sovuq urib ketganidek, riyo bilan qilingan yaxshilikdan ham hech qanday foyda yo‘qdir. Har qanday yaxshilik Alloh yo‘lida, xolis niyat bilan qilinsagina undan ajr, savob kutish mumkin.

    1. Ey mo‘minlar, o‘zlaringni qo‘yib, (u munofiqlarni) sirdosh do‘st tutmanglar! Ular sizlarga zarar yetkazishda kuchlarini ayamaydilar va yomon holga tushishingizni orzu qiladilar. Ularning sizlarni yomon ko‘rishlari og‘izlaridan oshkor bo‘ldi. Dillaridagi adovatlari esa yanada kattaroqdir. Agar aql yurgazsangizlar sizlar uchun oyat-alomatlarni aniq-ravshan qilib berdik.

    2. Hoy (mo‘minlar), sizlar ularni yaxshi ko‘rasizlar-u, ular sizlarni suymaydilar. Sizlar hamma kitoblarga iymon keltirasizlar-u (ular sizlarning kitobingizga iymon keltirmaydilar). Sizlarga yo‘liqqanlarida: «iymon keltirdik», deyishadi. Uzlari xoli qolishganda esa sizlarni qattiq yomon ko‘rganlari sababli barmoqlarini tishlaydilar. (Ey Muxammad, ularga): «Shu adovatlaring bilan o‘lib ketinglar!» deb ayting! Albatta Alloh dillarni egallagan sirlarni bilguvchidir.

    3. Agar sizlarga biron yaxshilik tegsa, bu ularni xafa qiladi. Agar sabr-toqat qilsangiz va Allohdan qo‘rqsangiz, ularning nayranglari sizlarga hech qanday zarar qila olmaydi. Albatta Alloh ularning qilayotgan amallarini ihota qilguvchidir.


    4. Download 0,69 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   612




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish