Microsoft Word quran uz ziyouz com doc



Download 0,69 Mb.
bet381/612
Sana12.07.2022
Hajmi0,69 Mb.
#779260
1   ...   377   378   379   380   381   382   383   384   ...   612
Bog'liq
quran uz ziyouz com

Ular oltindan bo‘lgan bilakuzuklar va marvarid-marjonlar bilan bezangan hollarida mangu (turadigan) jannatlarga kirurlar. U joyda ularning liboslari harir-ipak bo‘lur.

  • Va ular (jannatga kirgan chog‘larida) dedilar: «Bizlardan g‘am-qayguni ketkazgan zot — Allohga hamdu-sano bo‘lsin. Darhaqiqat Parvardigorimiz mag‘firatli va o‘ta shukr qilguvchidir.

  • U O'z fazlu-marhamati bilan bizlarni mangu turadigan bir diyorga tushirdiki, bu joyda bizlarga na mashaqqat yetar va na charchoq yetar».

  • Kofir bo‘lgan kimsalar uchun esa jahannam o‘ti bordirki, na ularga (ikkinchi bor o‘lish) hukm qilinib, o‘la olurlar va na ulardan (jahannam) azobi yengillatilur. Biz har bir kofirni mana shunday jazolarmiz.

  • Ular u joyda: «Parvardigoro, bizlarni (bu azobdan) chiqargin, bizlar qilib o‘tgan amallarimizdan boshqa yaxshi (amallarni) qilurmiz», deb dod-voy qilurlar. Axir Biz sizlarga eslatma oladigan kishi eslatma olgudek uzun umr bermaganmidik?! Sizlarga ogohlantirgurchi (payg‘ambar) ham kelgan edi-ku! Bas endi azoblaringizni totaveringlar! Endi zolim kimsalar uchun biron yordamchi bo‘lmas!

  • Albatta Alloh osmonlar va yerning g‘aybini (sirru asrorini) bilguvchidir. Albatta U dillardagi sirlarni ham aniq bilguvchidir.

  • U sizlarni yer yuzida xalifa qilib qo‘ygan zotdir. Bas kim kofir bo‘lsa, uning kufri faqat o‘zining ziyoniga bo‘lur. Kofir bo‘lgan kimsalarga kufrlari Parvardigor huzurida faqat g‘azabnigina ziyoda qilur. Kofir bo‘lgan kimsalarga kufrlari faqat isyonkorliknigina ziyoda qilur.

  • (Ey Muhammad, mushrmilarga) ayting: «Xabar beringiz-chi, sizlar Allohni qo‘yib iltijo qilayotgan butlaringiz (nimaning sharofati bilan iltijo-ibodat qilinishga sazovor bo‘ldilar?) Sizlar menga ko‘rsatma beringiz-chi, ular yerdagi biron narsani yaratganmilar, yoki ularning osmonlarni (yaratishda Allohga) sherikliklari bormi, yoxud Biz ularga biron kitob ato etdikmi-ki, ular o‘sha (kitobdan o‘zlarining Bizga sherik ekanliklari haqida) biron hujjat ustida bo‘lsalar?! Yo‘q, u zolim kimsalar bir-birlariga («Butlarimiz bizlarni shafoat qiladilar», deb) faqat aldovni va'da qilurlar.

  • Albatta Alloh osmonlar va yerni qulab tushishdan ushlab-asrab turur. Aniqki agar ular qulasalar, U zotdan so‘ng (ya'ni Allohdan o‘zga) biron kimsa ularni tutib tura olmas. Darhaqiqat U halim va mag‘firatli bo‘lgan zotdir.

  • (Makka kofirlari) agar ularga biron ogohlantirguvchi (payg‘ambar) kelsa, albatta har qanday ummatlardan ham hidoyat topguvchiroq bo‘lishlari haqida jon-jahdlari bilan qasam ichgandilar. Bas qachonki ularga ogohlantirguvchi (Muhammad alayhis-salom) kelgach, (bu) ularni yanada (hidoyatdan) uzoqlashtirdi xolos.

  • Ular yerda mutakabbirlik qilgan va (payg‘ambarga qarshi) yomon makr- hiyla qilgan hollarida (hidoyatdan uzoqlashdilar). Yomon makr-hiyla esa faqat o‘z egalarini o‘rab halok qilur. Bas ular faqat avvalgilarning sunnatlariga (ya'ni ko‘rguliklariga) ko‘z tutmoqdalar, xolos (ya'ni ularning ham boshlariga avvalgi dinsizlarning kuni tushar). Bas siz hargiz Alloh sunnati-qonunining o‘zgarganini ko‘rmassiz va hargiz Alloh sunnatining aylanganini (ya'ni azobga mustahiq bo‘lgan kimsalar qolib, o‘zgalar azoblanganini) ko‘rmassiz.

  • Axir ular yer yuzida sayr qilib o‘zlaridan avvalgi (dinsiz kimsalarning) oqibatiqanday bo‘lganini ko‘rmaydilarmi?! Holbuki (avvalgilar) bulardan ko‘ra kuchli-quvvatliroq edilar. Na osmonlardagi va na yerdagi biron narsa Allohdan qochib qutulguvchi emasdir. Zotan U bilim va qudrat egasi bo‘lgan zotdir.

  • Agar Alloh odamlarni ular qilgan gunohlari bilan jazolasa edi, (er) ustida biron jonivorni qo‘ymagan bo‘lur edi. Lekin U zot ularni (jazolashni) belgilagan muddatgacha (ya'ni qiyomat kunigacha) qoldirur. Bas qachon o‘sha muddat kelgach (ularning har biriga qilib o‘tgan barcha yaxshi-yomon amallarining mukofot-jazolarini berur). Zero Alloh bandalarini ko‘rib turguvchi bo‘lgan zotdir.

    YOSIN SURASI
    Sakson uch oyatdan tashkil topgan bu sura ham Makkada nozil bo‘lgandir.
    U Qur'oni Karimga qasam-la Muhammad alayhis-salomning haq payg‘ambar ekanliklarini tasdiqlash bilan boshlanib, so‘ngra u Zotni yolg‘onchi qilgan Quraysh kofirlari va ularning topajak oqibatlari haqida xabar beradi.
    Bu surada Alloh taoloning Antokiya shahriga yuborgan elchilari va shahar ahli ularni yolg‘onchi qilganlari sababli halokatga duchor bo‘lganlari to‘g‘risida hamda o‘sha yerdagi iymon keltirganligi sharofatidan Allohning marhamatiga sazovor bo‘lgan Habib an-Najjor ismli bir solih banda haqida hikoya qilinadi.
    Yana bu surada o‘quvchi e'tibori kecha bilan kunduzning almashib turishidagi; oy va quyoshdek buyuk sayyoralarning biron soniya tinim bilmasdan o‘z fazolarida o‘ta nozik intizom bilan aylanib turishlaridagi Yaratganning qudratiga dalolat qiladigan jihatlarga qaratiladi.
    Bu surada iymon va taqvo ahli uchun hozirlab qo‘yilgan jannat manzaralari nihoyatda jonli lavhalarda chizib beriladi va kofirlarning tillar soqov bo‘lib, qo‘llar tilga kiradigan, oyoqlar guvohlik beradigan qiyomat kunidagi ahvollari butun dahshati bilan bayon qilinadi.
    Sura o‘zining ilk oyati «Yosin» nomi bilan atalgan bo‘lib, uning Qur'oni Karimda tutgan o‘rni martabasi haqida payg‘ambar alayhis-salomdan mana shunday hadisi sharif rivoyat qilingandir. U zot: «Albatta har bir narsaning qalbi bordir. Qur'onning qalbi «Yosin»dir. Men bu surani ummatimdan har kishining qalbida bo‘lishini istar edim» degan ekanlar.
    Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

    Download 0,69 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   377   378   379   380   381   382   383   384   ...   612




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish