Microsoft Word quran uz ziyouz com doc


(Ey Muhammad, mashaqqat va ozorlarga) sabr qiling! Zotan, Alloh chiroyli amal qilguvchilarning ajr-mukofotlarini zoe etmas



Download 0,69 Mb.
bet171/612
Sana12.07.2022
Hajmi0,69 Mb.
#779260
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   612
Bog'liq
quran uz ziyouz com

(Ey Muhammad, mashaqqat va ozorlarga) sabr qiling! Zotan, Alloh chiroyli amal qilguvchilarning ajr-mukofotlarini zoe etmas.

  • Bas, sizlardan avvalgi asrlarda o‘tganlar orasida ham yerda buzg‘unchilikdan qaytaradigan boqiy (din) egalari bo‘lganlarida edi. Ularning ichlarida faqat Biz najot bergan kamdan-kam kishilargina (shunday zotlar edilar). Zolim kimsalar esa o‘z maishatlariga berilib ketdilar va jinoyatchi bo‘lib qoldilar.

  • Parvardigoringiz u shaharlarning O'zlarini tuzatib (haq yo‘lga yurgan) aholisini zulm bilan halok qilgan emasdir.

    118-119. Agar Parvardigoringiz xohlaganida, barcha odamlarni bir millat (ya'ni bir dinga ergashuvchi) qilgan bo‘lur edi. (Lekin U Zot bunday qilishni istamadi. Shuning uchun) ular (odamlar) mudom ixtilof qilurlar, magar Parvardigoringiz rahm qilgan kishilargina (haq yo‘lda ittifoq bo‘lib yasharlar). Ularni shuning uchun (ya'ni birovlari haq yo‘lda xidoyat topishlari, boshqalari nohaq yo‘llarda talashib-tortishib yurishlari uchun) yaratgandir. Parvardigoringizning “Men jahannamni (kofir) jin va kofir odamlarning barchasi bilan to‘ldirurmen”, degan So‘zi to‘la haq bo‘ldi.
    120. (Ey Muhammad), sizga payg‘ambarlarning xabarlaridan dilingizni mustahkam qiladigan qissalarni so‘ylab berurmiz va bu qissalarda sizga haqiqat va pand-nasihat hamda barcha mo‘minlar uchun eslatmalar keldi.
    121-122. Iymon keltirmaydigan kimsalarga ayting: «O'zlaringiz bilgan amallaringizni qilaveringiz, biz ham o‘z amalimizni qilguvchimiz. Hamda (qilayotgan ishlaringizning oqibatini) kutaveringiz, biz ham kutuvchilarmiz.
    123. Osmonlar va yer faqat Allohnikidir va barcha ishlar Uning O'ziga qaytarilur. Bas, Unga ibodat qiling va O'ziga suyaning! Parvardigoringiz qilayotgan amallaringizdan g‘ofil bexabar emasdir.
    YUSUF SURASI
    Bir yuz yigirma uch oyatdan iborat bu sura Makkada nozil bo‘lgan va payg‘ambarlar hayotidan hikoya qiluvchi suralardan biridir. Unda asosan Allohning payg‘ambarlaridan Yusuf ibn Ya'qubning hayoti zikr qilinib, u zotning boshiga tushgan balolar, og‘a-inilari va begonalardan ko‘rgan kulfatlari chohga tashlanganlari, tuhmatga yo‘liqqanlari, zindonband bo‘lganlari... haqida va bunday og‘ir ko‘rgiliklarga sabr-toqat qilishlari natijasida oxir-oqibat zindon azobidan xalos qilinib, butun Misr zaminining mulku xazinasiga ega bo‘lganlari xususida so‘z boradi.
    Bu sura Hud surasidan keyin Muhammad alayhis-salom hayotlarining eng qora kunlarida yaqinlari Hadicha va Abu Tolibdan ajragan, mushriklar tomonidan ozor- aziyatlar chekib qiynalib yurgan kezlarida nozil bo‘lgandir. Go‘yo Alloh taolo O'zining suyukli payg‘ambariga va qolaversa, u zotning barcha ummatlariga agar boshlariga tushgan baloyu kulfatlarga va diyonatsiz kimsalarning zulmu zo‘ravonliklariga sabr- qanoat qilib o‘zlarining Haq yo‘lidagi kurashlaridan tolmay, Allohning dinidan qolmay sobitqadam bo‘lsalar, Parvardigori olam ularni zulmatlardan va toru tanglikdan xalos qilib, nurli, baxt-saodatli kunlarga yetkazajagini uqtirayotgandek. Bu suraning nazmu uslubida o‘zgacha latofat, ayricha joziba mavjudki, islom olamidagi eng buyuk qalam ahllari undan mutaassir bo‘lib, she'ru dostonlar bitganlar, ulamolar esa, bu sura xususida jild-jild kitoblar tasnif etganlar. Shunday asarlardan birida «Yusuf surasi jannat ahllari jannatda ham rohat bilan tilovat qilib yuradigan suralardandir», deyilgan bo‘lsa, yana birida: «Har Qanday g‘am-tashvishga botgan mahzun kishi Yusuf surasini eshitishi bilan orom-osoyish topur», deyiladi.
    Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).


    1. Download 0,69 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   612




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish