Microsoft Word quran uz ziyouz com doc



Download 0,69 Mb.
bet112/612
Sana12.07.2022
Hajmi0,69 Mb.
#779260
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   612
Bog'liq
quran uz ziyouz com

Haqiqatan Biz ularga (Makka axolisiga) iymon keltiruvchi qavm uchun hidoyat va rahmat bo‘lgan va O'z bilimimiz bilan mufassal qilgan bir Kitob (Qur'on) keltirdik.

  • Ular esa (bu Kitobning) ta'viyl-oqibatini (ya'ni undagi oyatlar haq ekanligi isbotlanishini) kutadilar, xolos. Uning ta'viyli keladigan KUNda ilgari uni unutgan (ya'ni undan yuz o‘girgan) kimsalar: «Parvardigorimizning payg‘ambarlari haq dinni keltirgan ekanlar, endi bizni oqlaydigan oqlovchilar bormikan yoki qilib o‘tgan (yomon) ishlarimizdan boshqa (ezgu) amallarni qilish uchun (yana dunyoga) qaytarilarmikanmiz», deb qoladilar. Ular haqiqatan o‘zlariga ziyon qildilar va o‘zlari to‘qib olgan butlari ulardan g‘oyib bo‘ldi.

  • Albatta, Parvardigoringiz - Alloh shunday zotdirki, osmonlar va yerni olti kunda yaratib, so‘ngra O'z arshiga o‘rnashdi. U kechani (qorong‘ulikni) kunduzga o‘rar (va kecha kunduzni) shoshilgan holda quvib yurar. U quyosh, oy va yulduzlarni O'z amriga bo‘ysundirilgan holda (yaratdi). Ogoh bo‘lingizkim, yaratish va buyurish faqat Unikidir. Barcha olamlar Parvardigori — Alloh buyukdir.

  • Parvardigoringizga tazarru bilan ichingizda (maxfiy) iltijo qilingiz! Zotan, u haddan oshuvchi kimsalarni (ya'ni el ko‘ziga ko‘rsatish uchun riyokorlik qiluvchilarni) sevmas.

  • Va (Allohning dini bilan) o‘nglab qo‘yilganidan keyin, yerda (kufr yo‘lini tutib) buzgunchilik qilmang! U zotga (azobidan) qo‘rqib, (rahmatidan) umidvor bo‘lgan holingizda ibodat qilingiz! Zero Allohning rahmati chiroyli amal qiluvchilarga yaqindir.

  • U shunday zotki, O'z rahmatining (ya'ni yomg‘irning) oldidan xushxabar qilib shamollarni yuborur. Qachonki ular vazmin bulutlarni ko‘tarib kelgach, Biz uni (bulutni, chanqoq) o‘lik shaharga yog‘dirurmiz. Bas, unga suv-yomg‘ir yog‘dirib, uning yordamida har turli mevalar chiqarurmiz. O'liklarni ham (o‘z joylaridan) mana shunday chiqarurmiz. Shoyad eslatma-ibrat olsangizlar.

  • Pok shahar yerning giyohi Parvardigorining izni-irodasi bilan (oson) unib chiqur. Nopok (ya'ni sho‘r, toshloq) yerniki esa faqat qiyinchilik - mashaqqat bilangina chiqur. Shukr qiladigan qavm uchun oyat-alomatlarimizni mana shunday bayon qilib berurmiz.

    I z o h . Mazkur oyat pand-nasihatni olib, unga amal qilguvchi iymonli kishi bilan nasihatni olmaydigan va eshitgan gapidan ta'sirlanmaydigan diyonatsiz kimsa haqidagi ibratli misoldir.

    1. Qasamki, Nuhni o‘z qavmiga payg‘ambar qildik. Bas, u: «Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar! Sizlar uchun Undan o‘zga biron Iloh yo‘qdir. Albatta, men sizlarning buyuk KUN (qiyomat kunining) azobiga giriftor bo‘lishingizdan qo‘rqaman», dedi.


    2. Download 0,69 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   612




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish