Microsoft Word quran uz ziyouz com doc


Mana bu esa Biz nozil qilgan muborak Qur'ondir! Bas, unga ergashingiz va (Allohdan) qo‘rqingiz! Shoyad rahmatga erishsangizlar



Download 0,69 Mb.
bet106/612
Sana12.07.2022
Hajmi0,69 Mb.
#779260
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   612
Bog'liq
quran uz ziyouz com

Mana bu esa Biz nozil qilgan muborak Qur'ondir! Bas, unga ergashingiz va (Allohdan) qo‘rqingiz! Shoyad rahmatga erishsangizlar.

156-157. «Bizdan avvalgi ikki toifaga kitob nozil bo‘lgan, biz esa ularning darslarini o‘rganishdan g‘ofilmiz» demaslaringiz uchun yoki: «Agar bizga kitob nozil qilinganida, ulardan to‘g‘riroq yo‘lda bo‘lur edik», demaslaringiz uchun (sizlarga bu Qur'onni nozil qildik). Endi sizlarga Parvardigoringizdan hujjat, hidoyat va raxmat keldi. Bas, Allohning oyatlarini yolg‘on degan va ulardan yuz o‘girgan kimsadan ham zolimroq kim bor?! Yaqinda oyatlarimizdan yuz o‘girgan kimsalarni yuz o‘giruvchi bo‘lganlari sababli yomon azob bilan jazolagaymiz.

  1. Ular faqat o‘lim farishtalari kelishini yoki Parvardigoringizning (biron azobi) kelishini, yoki Parvardigoringizning oyatlaridan qiyomat alomatlaridan ayrimlari kelishini kutmoqdalar, xolos. Parvardigoringizning ayrim oyatlari keladigan kunda esa ilgari iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan biron jonga (endi keltirgan) iymoni foyda bermas. Ayting: «Kutaveringlar! Biz ham kutguvchilarmiz!»

  2. Dinlarini bo‘lib, o‘zlari ham guruhlarga bo‘linib olgan kimsalar to‘g‘risidan biron narsada (mas'ul) emassiz. Ularning ishlari faqat Allohning o‘ziga havola. Keyin ularga qilib o‘tgan ishlarining xabarini berur.

  3. Kim biron chiroyli amal qilsa, unga o‘n barobar qilib (qaytarilur). Kim biron yomon ish qilsa, faqat o‘shaning barobarida jazolanur va ularga zulm qilinmas.

  4. Ayting: «Meni Parvardigorim To‘g‘ri yo‘lga, Rost dinga Haq Yo‘lga moyil bo‘lgan Ibrohimning millatiga hidoyat qildi. U mushriklardan bo‘lmagan edi».

162-163. Ayting: (Ey Muhammad): «Albatta, namozim, ibodatlarim, hayotu mamotim butun olamlarning Parvardigori bo‘lmish Alloh uchundir. U zotning bironta sherigi yo‘qdir. Mana shunga (ya'ni yagona Allohga ixlos-ibodat qilishga) buyurilganman. Va men bo‘yinsunguvchilarning avvali peshqadamiman».
164. Ayting: «Allohdan o‘zgani Parvardigorim deyinmi?! Axir U barcha narsaning Parvardigori-ku?! Har bir jonning qilgan gunohi faqat o‘z ziyoniga bo‘lur. Hech bir ko‘targuvchi (ya'ni gunohkor jon) o‘zga jonning yukini (ya'ni gunohini) ko‘tarmas. Keyin Parvardigoringizga qaytishingiz bor. Bas, U sizlarga ixtilof qilib o‘tgan narsalaringizning (ya'ni qiyomatning) xabarini berur».
165. U sizlarni yerda xalifalar qilib qo‘ygan va O'zi ato etgan ne'matlar bilan sizlarni imtihon qilish uchun ayrimlaringizni ayrimlaringizdan yuqoriroq darajalarga ko‘tarib qo‘ygan zotdir. Albatta, Parvardigoringiz tezda jazolaguvchidir va albatta U mag‘firatli, mehribondir.
A'ROF SURASI
Makkada nozil bo‘lgan bu sura ikki yuz olti oyatdan tashkil topgan.
U payg‘ambarlar haqida batafsil hikoya qilgan birinchi suradir, Unda Nuh, Hud, Solih, Lut, Shuayb va Muso payg'ambarlarning qissalari so'zlanadi. Avvalo shayx ul-anbiyo - payg‘ambarlar oqsoqoli Nuh qissasi hikoya qilinib, u zotga o‘z qavmlari tarafidan bo‘lgan qaysarlik va isyonlar natijasida ularning to‘fon balosiga giriftor etilganliklari eslatib o‘tiladi.
Bu surada payg‘ambarlardan, xususan, Muso alayhis-salomning qissalari batafsil zikr qilinib, u zot bilan zolim Fir'avn o‘rtasida bo‘lib o‘tgan mojarolarga to‘xtab o‘tiladi va bani Isroilga berilgan noz-ne'matlar, Allohning amr-farmonlaridan bosh tortganlaridan keyin esa boshlariga tushgan balo-musibatlar hikoya qilinadi.
Bu surada ham boshqa Makka suralarida bo‘lgani kabi so‘z islomning asosi - mohiyati bo‘lmish Allohning birligi, tirilish va jazo haq ekani hamda vahiy va payg‘ambarlik haqiqati ustida boradi. Suraning avvalida Muhammad alayhis-salomga tushgan mo‘‘jiza

  • Qur'on haqida so‘zlanib, u butun insoniyat unun buyuk ilohiy ne'mat ekanligi, binobarin, dunyo va oxirat saodatiga erishish uchun uning yo‘l-yo‘riq va pand- nasihatlariga amal qilib borish lozimligi uqtiriladi.

Yana bu surada Alloh bergan ilmni mol-dunyo topish uchun birovlarga ziyon yetkazish yo‘lida su'iiste'mol qilgan olimlar qattiq qoralanib, ular tillari osilib, hansirab turadigan itlarga o‘xshatiladi. Va nihoyat, bu surada qiyomat kunidagi holat tasvirlanadi. U kuni kishilar uch toifaga bo‘linadilar: hayotlarini iymon va yaxshi amallar bilan o‘tkazgan kishilar ahli jannat, kofirlik va o‘zlariga ham, o‘zgalarga ham yomonlik qilish bilan o‘tgan kimsalar do‘zax egalari bo‘ladilar; qilgan yaxshiliklari bilan yomonliklari barobar kimsalar esa «A'rof» egalari bo‘ladilar. A'rof - jannat bilan do‘zax o‘rtasini ajratib turadigan devor bo‘lib, uchinchi toifaga mansub odamlar uning ustida Alloh o‘zlarini jannatgami yoki do‘zaxgami hukm qilishini kutib turadilar. Bu surada mana shu holatning tasviri o‘z ifodasini topgani uchun «A'rof» deb atalgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).


  1. Download 0,69 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   612




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish