3. erkak va ayolni yaratgan zotgaki, 4. albatta, sizlarning sa'y - harakatlaringiz turlichadir! 5. Bas, kimki (zakot va sadaqotlarni) bersa va (Allohdan) qo'rqsa, 6. hamda go'zal (narsa)ni tasdiq etsa, Izoh: Go'zal narsadan murod islom dini yoki jannat yoxud imon kalimasi. 7. bas, unga oson (yo'l)ni muyassar qilurmiz. 8. Ammo, kimki baxillik qilsa va (o'zini) behojat (boy) sanasa, 9. hamda go'zal (narsa)ni yolg’onga chiqarsa, 10. bas, unga og’ir (yo'l)ni "muyassar" qilurmiz. 11. (U) halok bo'lgan vaqtida boyligi unga foyda bermas. 12. Albatta, hidoyat (To'g’ri yo'lga yo'llash) faqat Bizning zimmamizdadir. 13. Haqiqatan, oxirat ham, dunyo ham yolg’iz Biznikidir. 14. Sizlarni lovullab yonuvchi do'zax haqida ogohlantirdim. 15. Unda faqat baxtsiz (odam) toblanur. 16. Qaysiki, (dinni) inkor etib, (itoatdan) bosh tortgan bo'lsa. 17. Taqvoli kishi esa undan (do'zaxdan) uzoqlashtirilur. 18. Qaysiki, u mol-davlatini (yaxshilik yo'lida) sarf qilur. 19. Uning huzurida (zimmasida) biror kimsaga qaytariladigan ne'mat yo'qdir. 20. U faqat eng oliy zot bo'lmish Parvardigorining "yuzi"ni istab (ehson qilur). 21. (U) yaqinda (ato etilajak mukofotdan) rozi bo'lur.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
454
ZUHO SURASI Zuho - choshgoh vaqti.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).