Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Madyan (qabilasi)ga birodarlari Shuaybni (elchi qilib yubordik). U aytdi: "Ey, qavmim! Allohga



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/744
Sana20.07.2022
Hajmi1,61 Mb.
#829608
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   744
Bog'liq
quron

85. Madyan (qabilasi)ga birodarlari Shuaybni (elchi qilib yubordik). U aytdi: "Ey, qavmim! Allohga 
sig'iningiz! Undan o'zga iloh yo'qdir. Sizlarga Rabbingizdan hujjat keldi. Bas, o'lchov va tarozini to'la-
to'kis o'lchangizlar, odamlarning narsalarini urib qolmangiz va yaroqli qilib qo'yilgandan so'ng Yer 
(yuzi)da buzg'unchilik qilmangiz! Agar (chin) mo'min bo'lsangiz, ana shu sizlar uchun yaxshidir.
 
86. (Odamlarni) qo'rqitish, Allohga imon keltirganlarni Uning yo'lidan to'sish va uni qing'ir qilish 
maqsadida har ko'chada o'tirmangiz! Ozchilik ekaningizda, (Uning) ko'paytirganini eslangiz va 
buzg'unchilarning oqibati qanday bo'lganiga (bir) boqingiz!
 
87. Agar sizlardan bir toifa menga yuborilgan narsa (vahiy)ga imon keltirib, boshqa bir toifa imon 
keltirmagan bo'lsa, o'rtamizda Alloh hukm qilgunga qadar sabr qilingiz! U hukm qiluvchilarning 
yaxshisidir". 
TO'QQIZINCHI JUZ’ 
*************************
88. Uning (Shuaybning) qavmidan kibrga berilgan zodagonlari aytishdi: "Ey, Shuayb! Qasamki, seni va 
sen bilan birga imon keltirganlarni shahrimizdan chiqarib yuboramiz yoki dinimizga qaytasizlar!" U 
dedi: "Diningizni yoqtirmasak hammi? 
 
89. Diningizdan bizni Alloh qutqargandan keyin yana unga qaytadigan bo'lsak, Allohga yolg'on to'qigan 
bo'lamiz-ku? Illo, Rabbimiz - Alloh xohlagani bo'lur. Rabbimiz har narsaga ilmi kengdir. Allohgagina 
tavakkul qildik. Ey, Rabbimiz! Biz bilan qavmimiz o'rtasida haqiqiy ajrimlik ato et! Sen ajrim 
qiluvchilarning yaxshisidirsan".
 
90. Qavmining kofir bo'lgan zodagonlari: "Qasamki, agar Shuaybga ergashsangizlar, demak, sizlar 
ziyon ko'ruvchi ekansizlar"- dedilar.
 
91. Bas, ularni mudhish zilzila tutdi. Natijada o'z joylarida o'tirganlaricha yer bilan yakson bo'ldilar.

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   744




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish