davlat mulkidir. Bu mulklar qo’shma korxonalarga davlat tomonidan ham pullik,
bo’ladilar. Mol-mulklarni asosiy va aylanma fondlarga bo’linishi korxona mol-
mulkini sug’urtalashni majburiyligida ahamiyatga ega bo’ladi. Bu yerda ikki
xildagi sug’urtalash ko’rsatiladi: asosiy fondlarni sug’urtalash va aylanma
Hisob-kitoblarni olib borish vaqtida qo’shma korxonalar tipovoy formalarni
bo’lgan mulkni borligi u tomonidan xo’jalik faoliyatini yuritishga imkon beradi.
21
Oqibatda huquqiy nuqtai nazardan qaraganda qo’shma korxonaning xo’jalik
faoliyati ikki xil operatsiyani amalga oshirishi mumkin:
1. Korxonani kerak bo’ladigan xom ashyo va materiallar bilan ta’minlash.
2. Tayyor bo’lgan mahsulotni sotishni amalga oshirish.
Bu operatsiyalarni qo’shma korxonalar ikki xil yo’l bilan amalga oshirishi
mumkin.
1. Tashqi bozor orqali.
2. Ichki bozor orqali.
Tashqi bozorda qo’shma korxonalar o’z mahsulotlarini maxsus tashqi savdo
tashkilotlari orqali sotishi yoki o’z nomidan sotishi mumkin.
Shunday sharoitlar tuzish ko’zda tutilganki, qo’shma korxonalar uchun xom
ashyoni ichki bozordan olib, tayyor mahsulotni ham ichki, ham tashqi bozorda
sotish foydali bo’ladi. Bunday vaqtda qo’shma korxonalar ish faoliyatida valyuta
jihatidan o’z-o’zini qoplashga erishadi.
Qo’shma korxona uchun eng muhim muammolardan biri bu - soliqqa
tortishdir. Bu miqyosga amal qiladigan huquqiy normalar o’z harakteri bo’yicha
ma’muriy - huquqiy bo’lib, hisoblanadi. Qo’shma korxonalarni soliqqa tortishning
ko’rsatilgan xujjatlardagi umumiy tamoyillari quyidagicha:
1. Qo’shma korxonalar o’z faoliyatining birinchi 2 yilida soliqdan ozod
qilinadilar.
2. Qo’shma korxonani soliqqa tortish bo’yicha baxslar yuzaga kelsa, bunday
korxonalar moliya organlarining bu harakati yuzasidan yuqori tashkilotlarga
murojaat qilishlari mumkin.
3. Qo’shma korxonalar soliq imtiyozlariga egadirlar. Ular olinishi mumkin
bo’lgan foydani olish kunidan boshlab 3 yilgacha foyda solig’idan ozod etiladilar
Qo’shma korxonani faoliyati jarayonida korxonaning o’zida va o’zbek
tashkilotlari bilan yuzaga keladigan baxslar, davlat xo’jalik sudida ko’riladi.
Agarda, baxslar korxonada qatnashuvchi tomonlari o’rtasida yuzaga kelsa,
bunday baxslar korxona nizomi bo’yicha hal qilinadi. Odatda tomonlar bu
22
baxslarni xo’jalik sudida yoki uchinchi davlat huquqiy tashkilotlari orqali hal
etishadi.
Xulosa qilgan holda shuni aytib o’tish kerakki, O’zbekiston Respublikasi
hududidagi qo’shma korxonalar faoliyati hozirgi vaqtda etarli darajada tartibga
keltirilmagan. Ko’pgina masalalar korxonani o’zida hal qilish uchun tashlab
qo’yilgan.
Hozirda bu narsani yechish mudain bo’lsada, biroq qo’shma korxonalarni
respublikamiz hududida tashkil etishni rivojlanib borishi bu to’g’ridagi
qonuniyatlarni
yanada
rivojlantirish
kerakligini
ko’rsatib
turibdi.
Bu
rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari bizning fikrimizcha quyidagicha bo’lishi
mumkin:
1. Qo’shma korxonalar faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi miqyosida nazoratga olish tizimini to’zish.
2. O’zbekiton Respublikasi hududidagi xorijiy mulklarni samarali himoya
qilish tizimini tuzish. («Halqaro shaxsiy huquq» qonuni doirasida).
3. Xo’jalik hisobi sharoytida korxona va tashkilotlar, qo’shma korxonalar
manfaatlarini himoya qiladigan qonuniyatlarini ishlab chiqish.
Jumladan:
«Girrom raqobatga qarshi kurash» qonuni.
«Ishlab chiqarishning majburiyatlari» qonuni.
Umuman olganda, yana bir marotaba ta’kidlab o’tish joizki; qo’shma
korxonalarning samarali faoliyati faqatgina O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy
islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish sharoitida va uni xaqiqiy xo’jalik
hisobini rivojgantirishga yo’naltirilgan vaqtdan amalga oshishi mumkin.