TIRIKLIK QILMAK SUVRATI
Tiriklik qila bilish sihat uchun cheksiz keraklidir. "Har qachon to‘rt kasallikning uchtasi
ikkinchi doriga muhtoj bo‘lmay, bori tiriklik biluv ila tuzaladir", degan odam juda chin
so‘zlagandir, har kim o‘zini bilishi, tabiatiga qarab, o‘zining qanday suvratda tiriklik
qilishini tajriba qilib, shul suvratda tiriklik qilish ila shug‘ullanishi kerak. "Xayru-l-umur
avsatuho" deyilgani kabi, ya’ni har kim uchun o‘rtacha tiriklik xayrlidirki, bu ma’lum
o‘lchovda et, suv, tuxum kabi mavoddi hayvoniyyalar va o‘lanlar ila rizqlanmakdir.
Yolg‘iz go‘sht yoki o‘lan ilagina tiriklkk qiluv sihat uchun zararlidir. Shuning uchun et ila
o‘lanlarni birga yemak kerak. Ovqatlanish aniq soatlarda bo‘lib, ikki ovqatlanishning
orasi to‘rt soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Kechki ovqatlanish yotishdan uch-to‘rt soat
avval bo‘lishi kerak. Ovqatlangan vaqtda suv ichmakchi bo‘lsangiz, quyuq ovqatlar
yegan vaqtda ichish kerak. Ovqatlangan vaqtda bir necha bor suv ichilsa, juda foydali
bo‘ladir. Salomatlik uchun oshlarning juda quvvatli narsalar solinmagani foydalidir.
Ovqatni sekin, tamoman chaynab yemakni odat etish kerak. Shoshib ovqatlanish
odamni osh singmay turgan kasalliklarga giriftor qilur. Odam yeydigan ovqatning
miqdori uning ishlashiga, shug‘ullanishiga ko‘ra bo‘lishi kerak, ko‘prak ishlasa, ko‘prak
yeyishi kerak. Xotunlarning tan ila, ham aql ila shug‘ullanuvlari erlardan ozroqdir.
Shuning uchun yengilroq ovqatlar ila qanoat qiluvlari lozim bo‘ladir. Yeb bitirar-bitirmas
shug‘ullanuvdan, ishga tutinuvdan saqlanish kerak. Agar gazeta o‘quv kabi bir yengil ish
ila shug‘ullanilsa zarari bo‘lmas. Tuxumni saqlash uchun yuz ellik dirham so‘ndirilmagan
ohakning ustiga asta-sekkn besh litr (yuz zllik dirham qadoqning choragi chamasidagi
bir o‘lchov) suv quyib so‘ndiriladir. Bu suv o‘ttiz olti soat turgandan so‘ng tuxumlarning
ustiga quyib qo‘yiladir. Bu tuxumlar uzoq zamon buzilmas. Ohakli suv tuxum po‘stlarini
yumshatganidan tuxumlarni bu suvdan olgan vaqtda juda ehtiyotlik ila asta olish kerak.
Tuxumlarnnng buzilmaganini bilish uchun nurga, yoruqqa tutib qaraladir. Tuxumlar
qancha yorug‘, yaltiroq bo‘lsa, shu qadar yangi, qancha xira bo‘lsa, shu qadar eski
bo‘ladir. Tuxumlarning yangi yoki eskiligini shunday usul bilan ham bilsa bo‘ladir: agar
tuxum yangi bo‘lsa, to‘ppa-to‘g‘ri suvning tubiga tushadir, bir kun avvalgi bo‘lsa, eng
tubiga tushib yetmaydir, agar uch kunlik bo‘lsa, suvning o‘rtasida suzib yuradir. Demak,
tuxum qancha eski bo‘lsa, shuncha suvning yuziga chiqadir.
Qizlar tarbiyasi. Aliy Nazimo
Do'stlaringiz bilan baham: |