Abu Nuaym Isbahoniy fikri
Ibn Hajar aytadi: «Abu Nuaym Isbohoniy «Isbahon tarixida Ibn Sayyodning Dajjol
ekanini quvvatlaydigan bir rivoyatni keltirgan.
U Shubayldan, Hasan ibn Abdurahmondan va otasidan rivoyat qiladi: «O‘zimizga
zarur narsalarni sotib olardik. Bir kuni yahudiylar qishlog‘ida doiralar chalib xursandchilik
qilayotgan ekan. Men o‘sha yerdagi tanishimdan nima gapligini surishtirdim.
– Shohimiz tashrif buyurdi, – deydi u. – Biz uning yetakchiligida arablar ustiga yurish
qilamiz – ularni fath etamiz.
So‘ng tanishimning ayvonida tunab qoldim. Tongda turib bomdod o‘qidim. Quyosh
chiqqanida ular tomonda yana chang-to‘zon ko‘tarildi. Qarasam, boshi ustida rayhon
qubbasi o‘rnatilgan bir kishi atrofida yahudiylar daf chalib o‘yinga tushishyapti. Men
haligi odamning Ibn Sayyod ekanini ko‘rib qoldim. U shaharga kirdi va qaytib chiqmadi»
(u Qiyomatgacha qaytib chiqmaydi).
Ibn Hajar aytadi: «Abdurahmon ibn Hassonni (hadis roviylaridan biri) bilmayman,
qolgan roviylar ishonchli kishilar» («Fathul Boriy»dan).
Do'stlaringiz bilan baham: |