www.ziyouz.com kutubxonasi
58
qoyim turadilar». Ya’ni, ular Qiyomat shartlari oxirlaguniga qadar turadilar. Vallohu
a’lam!
Hadisdagi «Zarra yoki urug‘ misqolichalik iymon» jumlasi iymonning ko‘payib yoki
kamayib turishiga dalildir. «Ipakdan-da mayin shamol», jumlasida mo‘minlarga nisbatan
muloyim munosabat va izzat-ikrom bo‘lishiga ishora bor» (Navaviy so‘zi tugadi).
Mayin shamolning esishi Qiyomat qoyim yaqinligini bildiruvchi ulkan alomatlarning
so‘nggisidir.
Endi vaqt juda-juda oz qoldi. Misli oy-kuni to‘lgan ayol. Uning qachon ko‘zi yorishini
hech kim bilmaydi. Kechasi yoki kunduzi to‘satdan uni to‘lg‘oq tutishi mumkin. Alloh
taolo bu olamning kuni bitganini, endi yangi, boqiy olamga ko‘chish vaqti yetganini e’lon
qilar ekan, buning eng birinchi alomati Adan qa’ridan chiqib insonlarni mahshargohlari
sari haydaydigan olov bo‘ladi. Keyingi faslda, Xudo xohlasa, ana shu alomat haqida
suhbatlashamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |