KATAKDAGI MALUMOTLAR BILAN ISHLASH
Katakdagi malumotlarni o‘chirish(yo‘qotish).
Katakdagi keraksiz deb topilgan malumotni o‘chirish uchun katakdagi malumotni ajratib DELETE tugmasi bosiladi. Bunda katakdagi malumot to‘la o‘chiriladi va katak tozalanadi. Agar malumot tiklanishi kerak bo‘lsa, «Отменить» (qaytarish) buyrug’i beriladi. Bir necha katakdagi malumotlarni birdaniga o‘chirish uchun ular ajratib olinib, sung DELETE tugmasi bosiladi.
Katakdagi malumotni almashtirish.
Bu erda katakdagi malumotni almashtirish deganda katakdagi malumot o‘rnida yangi malumot kiritish tushuniladi. Buning uchun katak ajratilib, unga yangi malumotlar kiritiladi. Bunda katakdagi oldingi malumotlar o‘chirilib, o‘rniga kiritilgan malumotlar yoziladi, katakdagi o‘rnatilgan formatlash atributlari esa saqlanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |