Satr balandligini o‘zgartirish
Satr balandligi unga kiritilayotgan malumotga bog’liq. Satrdagi turli kataklarda malumotlar turli shriftlarda yozilsa, ekranda ayrim simvollar uchi qirqilib ko‘rinishi mumkin. Optimal balandlikni Формат-Строка/Автоподбор высоты buyrug’i orqali o‘rnatish mumkin.
Balandlikning aniq qiymati Формат-Строка/Высота buyrug’i orqali o‘rnatiladi.
Satr balandligini sichqoncha orqali ham o‘zgartirish mumkin. Sichqoncha kursorini kerakli satr sarlavhasi chegarasiga keltirganda u ikki tomonlama yo‘nalishli kesma ko‘rinishini oladi. Endi chap tugmani bosgan holda sichqonchani past yoki yuqoriga siljitib satr balandligini o‘zgartirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |