Olib(sudrab) o‘tish amali orkali nusxa ko‘chirish.
EXCELda malumotlarni olib (sudrab) o‘tish orqali nusxalashni amalga oshirish mumkin. Nusxa ko‘chirish kerak bo‘lgan katak(guruh)ni ajratib, so‘ng sichqoncha ko‘rsatkichi katak (guruh) chegaralaridan biriga olib kelinadi. Ko‘rsatkich yo‘nalish tugmasiga aylangandan so‘ng Ctrl tugmasi bosiladi. Ko‘rsatkichda qo‘shimcha «+» belgisi hosil bo‘ladi. Shundan so‘ng malumotlarni boshqa katakka sudrab olib o‘tish mumkin. Olib o‘tilaetganda «Ctrl» tugmasi bosib turiladi. Agar «Ctrl» tugmasi bosib turilmasa, malumot birlamchi manbasida saqlanmaydi, yani ko‘chirish sodir bo‘ladi. Agar ko‘chirilayotgan katakda malumot bo‘lsa, uni almashtirish haqida ogohlantiruvchi yozuv paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |