^—
v/Pffi;
/ / / у /
$№//, H—II
JSh, ш ~ ш
iv - iv
Штт?У-У
V I -V I
V I I - V I I
Kesaklar
*-*-
Nam tuproq
Yumshatilgan tuproq
143-rasm.
Serkesak va quruq yerlarga chigit ekish
texnologiyasi:
1 - kesak sidirgich; 2 - sirpang‘ich; 3 - chetlatgich; 4 - ja g ‘;
5 - a g ‘dargich; 6 - kichik kurakcha; 7 - kurakcha; 8 - g ‘altak;
9 va 10 - tuproq uyumlari; 11 va 12 - kurakchalar hosil qilgan
chuqurchalar.
Ekkich jag 4larinmg davomi sifatida o‘rnatilgan ag‘dargich
(5), mavjud ariqchaning yuqori burchaklarini kesib, tuproqni ikki
chetga ag‘darib, uyumlaydi. Uyumlar
(10)
ariqchadan uzoqlash-
tirilganligi sababli, dalaning yuza qatlamidagi quruq mayda tuproq
ariqchaga barvaqt to‘kilmaydi. Bu holat
IV—IV
kesimda
ko‘rsatilgan.
253
Kichik kurakcha (6) lar ariqcha tubidagi chigitlarni pastdagi
nam tuproq bilan ko‘madi
(V— V
kesim). Natijada, ariqcha ichida
qo‘shimcha chuqurcha
(11)
lar paydo bo‘ladi.
Ag‘dargich (5) larning ishchi sirtidan tushayotgan tuproq
uzluksiz oqim bilan kurakcha
(7)
larning ta’sir zonasiga keladi.
Kurakchalar bu tuproqni ariqcha ustiga yo‘naltirib, uchburchak
shaklli jo ‘yakcha hosil qiladi
(VI—VI
kesim). Kurakchalar hosil
qilgan chuqurcha marzadan to‘kilgan tuproq bilan bir oz ko‘miladi.
G‘altak
(8)
marza ustini zichlab, uning ikki yonini nishab qiladi.
Marza chuqqisi dala sathiga barobar bo‘lib, undan urug‘gacha
bo‘lgan oraliq ekish chuqurligi he ga teng
(VII— VII
kesim).
Don seyalkalarni ishga tayyorlash. Seyalka ekin ekish
uchun dalaga chiqarilishdan oldin uning ishchi qismlari va
mexanizmlarining texnik holati,
ekkichlar qancha to‘g‘ri
joylashtirilganligi, miqdorlagichlar tayinlangan urug‘ me’yorini
ajratishi va ularning barchasi bir maromda ishlashi tekshiriladi.
Iztortkichning uzunligi va urug‘ni ko‘mish chuqurligi keragicha
tayinlanadi.
Miqdorlagichlar, urug‘o‘tkazgich va ekkichlarning sozlani-
shiga alohida e’tibor berish kerak. G‘altaklarni to‘garakchalar bilan
birgalikda erkin aylanishini, g‘altaklar kiydirilgan val, qo‘l bilan
sozlanadigan tutqichni burganda, erkin surilishini ta’minlash kerak.
Bukilgan, pachoq bo‘lgan, yirtilgan urug‘o‘tkazgichlardan
foydalanish mumkin emas. Ekkichlardagi disklar tutashgan
joyida ular orasidagi tirqish 1, 5 mm dan ortiq bo‘lmasin. Ekkich
disk tig‘ining qalinligi 0, 5 mm dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Ekkichlarni joylashtirish. Maxsus taxtada ekkichlarni bir-
biriga nisbatan bir xil masofada joylashtirish sxemasi chiziladi va
uni ekkichlar tagiga yotqizib, chizmaga qarab ularni tegishlicha
surib o‘rnatiladi.
M iqdorlagichlarni bir xil me’yorga o‘rnatish. Sozlovchi
tutqich yordamida hamma g‘altaklar korpus ichiga maksimal
kiritiladi. Ularning cheti to‘garakcha bilan bir tekislikda yotishi
kerak. Agar birorta g‘altak to‘garakchadan 1,0 mm ga farq qilsa,
shu miqdorlagichning korpusi bunkerga nisbatan tegishli tomonga
surib mahkamlanadi. Muftaning qovurg‘asi bilan tub orasidagi
254
tirqish tekshiriladi va sozlanadi. Mazkur tirqish don ekinlari
urug‘lari uchun 1-2 mm, no‘xat kabi yirik urug‘lar uchun 8-12 mm
qo‘yiladi.
Barcha miqdorlagichlar bir xilda urug‘ ajratayotgan yoki
ajratmayotganligini tekshirish uchun seyalka g‘ildiragi yerdan
birmuncha ko‘tarib qo‘yiladi va barcha miqdorlagichlardan
urug‘o‘tkazgichlar ajratilib, ularga xaltachalar kiydiriladi. Shundan
so‘ng g‘ildirakni qo‘l bilan
10
marta aylantirib to‘xtatiladi. Uar bir
miqdorlagich me’yorlab bergan urug‘ massasi m
1
; m
2
; ...mn (n=1,
2, 3...) tarozida o‘lchanib, ularning o‘rtacha arifmetik qiymati
quyidagicha aniqlanadi:
_
+
rn2 + r n 3+ . .. + m n
m =
-------------------------------
n
Miqdorlagichlarning urug‘ni me’yorlashdagi farqlanish
koef^tsiyenti
1 0 0
% bilan aniqlanadi.
(89)
Bu yerda,
n
—
miqdorlagichlar soni;
mi
—
miqdorlagichlarning tartib raqami (i=1, 2, 3, . . . n).
Don ekinlari urug‘i uchun
F<
6 % bo‘lishi lozim.
Seyalkani urug‘ ekish me’yoriga sozlash. Bu ish agregat
dalaga chiqmasidan oldin bajariladi. Seyalkaning g‘ildiraklari
yerdan ko‘tarib qo‘yiladi. Qutiga urug‘ solinib, ekkichlar tagiga
brezent to‘shaladi.
Seyalkaga yopishtirilgan jadval bo‘yicha g‘ildirakdagi
harakat uzatish nisbati va g‘altakning ishchi uzunligi o‘rnatiladi.
Ko‘pincha g‘altak ishchi uzunligining maksimal, harakat uzatish
nisbatining minimal holati tavsiya qilinadi, shunday qilinganda
urug‘lar kamroq shikastlanadi.
Seyalkaning ishchi tezligiga g‘ildirakning aylanish tezligini
moslab,
n
marta aylantiriladi. Brezentga to‘kilgan urug‘larning
255
massasi
Ma
aniqlanadi va hisoblangan massa
Mx
bilan solishtiriladi.
Hisob bo‘yicha ekilishi lozim bo‘lgan urug‘lar massasi:
Mx = ? ^ , k g
(90)
bu yerda,
D
—
seyalka g ‘ildiragining diametri, m;
n
—
g ‘ildirakning aylantirish soni;
B
—
seyalkaning ishchi qamrov kengligi, m;
Q
—
bir gektar yerga agronom tayinlagan urug‘ miqdori,
kg/ga;
8—
seyalka g ‘ildiragining sirpanish koeffitsiyenti e= 0, 90-0,
95).
Agar
MaJ Ax
100 < ±3% bo‘lsa, seyalkadan foydalanish
mumkin, aks holda, seyalka qayta sozlanishi kerak.
U rug‘ ekish me’yorini dalada tekshirish. Bunkerning 1/3
qismi urug‘ bilan to‘ldirilib, tekislanadi va donning sathi bo‘r bilan
bunker devorida belgilanadi. Uning ustiga qo‘shimcha
M
kg urug‘
solinadi va shu miqdordagi urug‘ ekilishi lozim bo‘lgan yo‘l
l
hi-
soblanib (agregat qamrov kengligi
B
ma’lum) aniqlanadi. Agregat
l
yo‘l bosib o‘tgach, u to‘xtatiladi va devordagi belgiga nisbatan
urug‘ sathi qanday o‘zgarganligi aniqlanadi va tegishli chora
ko‘riladi.
l
quyidagicha hisoblab topiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |