SIZ KELIN BO’LDINGIZ...
Egningizda oppoq to‘y libosi - bugun siz kelin bo‘ldingiz. O’zga bir xonadon sizni quchoq ochib
kutib oldi, boshingizdan gullar sochib qarshiladi. Yigirma yil boqib-tarbiyalab voyaga yetkazgan
o‘g‘illarining taqdirini sizga ishonib topshirdi. «Hovlimizga kelin keldi, qut-baraka keldi, xursandchilik
keldi, qadami qutlug‘ bo‘lsin!» deb duolar qildi. Endi siz uchun yangi bir hayot boshlanadi. O’n sakkiz
yil yashagan xonadoningizni tark etib, begona kishilar bilan til topishib, el bo‘lishingiz kerak.
Yaqinlaringizdan, mehribon ota-onangizdan uzilib eringizning, qaynona-qaynotangizning eng yaqin
kishisi bo‘lib qolishingiz kerak. Aks holda ikki oilada ham huzur-halovat, xotirjamlik bo‘lmaydi. Buning
uchun nima qilish kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |