www.ziyouz.com
кутубхонаси
4
zimmasiga o‘zga xonadonning farzandi o‘z oilasida palak otishi, ne mashaqqat bilan tiklangan oilaning
kamol yetishi, o‘g‘li va kelini totuv turmush kechirishi yo‘lida katta mas’uliyat yuklandi, degani. Axir
«Kattalar - yoshlar uchun bir ko‘prik», deb bejizga aytishmagan. Axir bekorga kelinni bir yerdan
boshqa bir yerga ko‘chirib o‘tqazilgan niholga o‘xshatishmaganki, unga alohida mehr-muhabbat,
alohida parvarish kerak.
AHILLIKKA NE YETSIN!
Xo‘sh, kelin bilan ahil yashash, oilada totuvlik va farog‘at bo‘lishi uchun qaynona nimalar qilishi
kerak? Bu haqda allomalarimiz, mashoyixlarimiz juda ko‘p pandu nasihatlar qilishgan. Katta hayot
tajribasiga ega bo‘lgan momolarimizning aytganlari, qilganlari hozirgi qaynonalarimiz uchun bir ibrat
maktabidir. Quyidagi ana shunday hayot tajribalari, yaxshi qaynona bo‘lish qoidalari yordam beradi,
degan umiddamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |