Muammo va unga yechim berish insholari qanday yoziladi?
Yozishni
boshlashdan
oldin,
yozmoqchi
bo’lgan
ma’lumotlaringizni,
g'oyalaringizni aniq tartibga solishingiz uchun ularni rejalashtiring. Qanchalik
qo’shilishingingizni yoki qo’shilmasligingizni va nima uchun unday qilganingizni
hal qilishingiz kerak. 5 daqiqa vaqt ajrating hamda o'z fikrlaringiz va misollaringizni
rejalashtiring.
Bu vazifani bajarish uchun 40 daqiqa vaqt ajratishingiz juda muhim, chunki 2-
topshiriqni yozish uchun olgan ball umumiy WRITING balingizning uchdan ikki
qismini tashkil qiladi. Bundan tashqari, siz kamida 250 ta so'z yozishingiz va o'z
fikrlaringizni to’liq holda bayon qilishingiz kerak.
Rasmiy formatda yozishni unutmang, chunki bu akademik insho.
Insho strukturasi
I.
Kirish qism:
Savolni perefraza qilish;
Asosiy qismda beriladigan mavzuni umumiy holda keltirib o’tish.
II.
Asosiy qism 1-paragraf:
Savolda keltirilgan muammoni ta’kidlab o’tish;
Fikrni tushuntirib asoslab berish;
Namuna keltirish.
III.
Asosiy qism 2-paragraf:
Savolda berilgan muammoga yechim keltirib o’tish;
Fikrni tushuntirib asoslab berish;
Namuna keltirish.
IV.
Xulosa qilish:
Asosiy xulosani keltirib o’tish;
Yozuvchi o’z fikrini keltirib o’tishi kerak.
1-paragraf Kirish qismi
Bunda siz ishni inshoning kirish qismi va savolini parafraza qilishdan boshlashingiz
kerak. Savolni "parafraza" deganimda nimani nazarda tutayotganimni
tushundingizmi?
Bunda siz savolni sinonimlardan foydalangan holda o'z so'zlaringiz bilan qayta
yozishingizni anglatadi. Siz savolni qaytadan nusxa ko'chira olmaysiz yoki savolda
bir xil so'zlarni ishlata olmaysiz. Sinonimlardan foydalanib, so'z boyligingizni
ifodalang va ko'rsating. Insho yozishni mashq qilayotganda sizga yordam berish
uchun onlayn ma’nodosh so’zlar keltirilgan lug’at va kitoblardan foydalaning. Bu
ajoyib vosita va ko'plab yangi so'zlarni o'rganishga yordam beradi.
Keyingi bosqichda siz muammoga nisbatan o’z munosabatingizni bildirishingiz
kerak:
Quyidagilarga o’xshash frazalardan foydalanishingiz mumkin:
Firstly this essay will discuss... (Birinchidan, bu insho …ni muhokama qiladiki…)
Secondly this essay will discuss... (Ikkinchidan, bu insho …ni muhokama
qiladiki…)
Quyida sizga kirish qism uchun kerakli 3ta qoida berilgan:
•
Savolni parafraza qilish;
•
O’z shaxsiy fikrini ifoda etish;
•
Asosiy paragrafda muhokama etiladigan mavzuni keltirib o’tish.
Paraphrased -
Climate change is among the principal dangers facing people this
century and ocean levels are increasing dramatically.
Do'stlaringiz bilan baham: |