Metall suktsinatlari, ularda ikkita amid, suktsinat ioni va suvni markaziy
atom atrofida raqobatli koordinatsiyalanishi haqida hozirgacha etarli m a’lumotlar
yo’q. Ikkinchi tomondan yangi bioaktiv moddalar olish mumkin, chunki amidlar
biologik aktiv moddalar hisoblanadi, suktsinat ioni esa ko’pgina preparatlar
tarkibiga kiradi.
Mexanik kimyoviy usulda mis (II) - palmitatini atsetamid, karbamid va
nikotinamidlar bilan 3 ta kompleks birikmalari sintez qilindi. Element va termik
tahlillar yordamida kompleks birikmalarining tarkibi aniqlandi.
Kvant-kimyoviy taxlillar yordamida kompleks birikmaning fazoviy tuzilishi,
enegetik parametrlari o’rganildi.
Do'stlaringiz bilan baham: