ega bo‘lishi kerak.
Ishonchnoma bir taqvim yilidan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi
va u har safar pochtani qabul qilib olayotganda uni ko‘rsatishi shart
bo‘lgan harbiy pochtalyonda turadi. Ushbu ishonch qog‘ozi uchun to‘lov
haqi olinmaydi.
Bitta harbiy pochtalyon bir nechta harbiy qism va muassasalar uchun
xat-xabarlarni qabul qilib olish vaqtida, har bir harbiy qism
(muassasa)larga tegishli bo‘lgan gerbli dumaloq muhrlar bilan
tasdiqlangan harbiy pochta jo‘natmalarini qabul qilish huquqini beruvchi
ishonchnomani ko‘rsatishi kerak.
Harbiy qismlar va ularning shaxsiy tarkibi nomiga manzillangan
buyurtmali xat-xabarlar; «Yo‘llanma bilan», «Chipta bilan», «Hujjatlar
bilan» belgili qiymati e’lon qilingan xatlarga birlamchi xabarnomalar,
harbiy qismlar va ularning shaxsiy tarkibiga manzillangan tezkor (telegraf)
pul o‘tkazmalari, shuningdek harbiy qism (muassasalar) manziliga
yo‘llangan qiymati e’lon qilingan posilkalar va banderollarga birlamchi
xabarnomalar hamda barcha ikkilamchi xabarnomalar 8-shakldagi
daftarga yoki 11-shakldagi reestrga nomma-nom yoziladi.
Harbiy qismlarning raqamlari 8-shakldagi daftarda ko‘rsatilmaydi.
99
Harbiy pochtalyonlarga pochta jo‘natmalari quyidagi tartibda
beriladi:
a) harbiy qismlar va ularning shaxsiy tarkibi nomiga manzillangan
oddiy xat-xabarlar, qiymati e’lon qilingan xatlarga birlamchi
xabarnomalar, oddiy pul o‘tkazmalari (talonlar bilan birga), shuningdek
harbiy qismlarning shaxsiy tarkibi nomiga manzillangan qiymati e’lon
qilingan banderollarga birlamchi xabarnomalar va posilkalar – tilxatsiz.
Zarur bo‘lganda, pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi
obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt)ning rahbari harbiy qismlarga
manzillangan oddiy xat-xabarlarni 8-shakldagi daftarga imzo qo‘yib berish
tartibini kiritishlari mumkin;
b) harbiy qismlar va ularning shaxsiy tarkibi nomiga manzillangan
buyurtmali xat-xabarlar, «Yo‘llanma bilan», «Chipta bilan», «Hujjatlar
bilan» belgili qiymati e’lon qilingan xatlarga birlamchi xabarnomalar,
tezkor (telegraf) pul o‘tkazmalari, shuningdek barcha ikkilamchi
xabarnomalar 8-shakldagi daftarga yoki 11-shakldagi reestrga imzo
qo‘yib, ularning sonini so‘z bilan, olingan sanasi va ularning holatini
ko‘rsatgan holda. Masalan: «2010 yil 25 martda bir yuz o‘nta pochta
jo‘natmasini butun holda qabul qilib oldim, harbiy pochtalyon Xasanov».
Harbiy qism va muassasalarning shaxsiy tarkibi nomiga
manzillangan posilkalar, qiymati e’lon qilingan xatlar va qiymati e’lon
qilingan banderollar pochta aloqasi obyektlarida shaxsan oluvchiga yoki
ularning bir martalik ishonchnomalari, shuningdek vakolatlangan harbiy
qism va muassasalar orqali tashkiliy suratda 2-shakldagi reestr-
ishonchnomalari bo‘yicha beriladi.
Harbiy qism (muassasalar)ga manzillangan posilkalar, qiymati e’lon
qilingan xatlar va qiymati e’lon qilingan banderollar qism (muassasa)
qo‘mondoni va moliya idorasining boshlig‘i tomonidan imzolangan bir
martalik ishonchnomalar orqali beriladi. Ishonchnomalar qism
(muassasa)ning gerbli muhr izi bilan tasdiqlanishi kerak.
Bankda hisob raqamiga ega bo‘lgan harbiy qism (muassasa)larning
nomiga manzillangan pul o‘tkazmalari bo‘yicha pul miqdori qancha
bo‘lishidan qat’iy nazar ularning hisob raqamlariga o‘tkaziladi. Bankda o‘z
hisob raqamiga ega bo‘lmagan harbiy qism (muassasa)larga pul
o‘tkazmalari oluvchilarning yozma arizalari bo‘yicha ularni ta’minlovchi
qism (muassasa)larning hisob raqamlariga o‘tkazish yo‘li orqali to‘lanadi.
Harbiy qismlarning shaxsiy tarkibi nomiga manzillangan pul
o‘tkazmalari qo‘yidagicha to‘lanadi:
100
a) oluvchilarning shaxsan o‘ziga yoki ularning bir martalik
ishonchnomalari bo‘yicha;
b) harbiy qism (muassasa)ning moliya idorasi boshlig‘i (vakili)
orqali pul o‘tkazmasi summasini bankdagi hisob raqamiga 3-shakldagi
reestr bo‘yicha tashkiliy ravishda o‘tkazish yoki vakolatli vakilining 3-
shakldagi reestrni va nazorat pul daftarchasini ko‘rsatish orqali (agar
harbiy qism yoki muassasa bankda o‘z hisob raqamiga ega bo‘lmasa) naqd
pul berish yo‘li bilan. Keyingi holda 3-shakldagi reestrda harbiy qism
(muassasa) qo‘mondonining imzosidan avval qo‘yidagi namuna bo‘yicha
ishonchnoma yoziladi: «Ushbu reestrga kiritilgan pul o‘tkazmalari
bo‘yicha 810 so‘m 00 tiyin, sakkiz yuz o‘n so‘m 00 tiyin summasidagi pulni
Rustam Olimovich Ortiqovning olishiga ishonch bildiriladi, uning o‘z qo‘li
bilan yozilgan «Ortiqov» imzosi tasdiqlanadi».
2, 3-shakldagi reestrlar harbiy qism (muassasa) tomonidan ikki
nusxada tuziladi, qism qo‘mondoni va moliya idorasining boshlig‘i
tomonidan imzolanib, gerbli muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda pochta
aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyektiga xabarnoma bilan
birga, harbiy pochtalyon yohud qismning vakolatlangan vakiliga
xabarnomalar topshirilgan kundan boshlab 3 kecha-kunduz muddatdan
kechiktirmay taqdim etiladi. Reestr blankalari harbiy qism (muassasa)lar
tomonidan tayyorlanadi.
Harbiy qism (muassasa)ning vakolatli vakilidan 2- va 3-shakldagi
reestrlarni qabul qilishda aloqa xodimi qo‘yidagilarni tekshiradi:
a) reestrlarning to‘g‘ri tuzilgani va rasmiylashtirilganligini hamda
reestrda yozilgan pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalariga xabarno-
malarning mavjudligini;
b) 3-shakldagi reestrda hisoblangan pul o‘tkazmalarini soni va
summasi yakunlarining to‘g‘riligini hamda ularning xabarnomalar
bo‘yicha summa yakunlariga mos kelishini.
Undan keyin vakolatlangan vakilning shaxsiy guvohnomasidagi
yoki harbiy daftarchadagi imzosi reestrdagi imzosi bilan solishtiriladi va
reestrning birinchi nusxasida ko‘rsatilgan hujjat to‘g‘risida ma’lumotlar
yoziladi. Masalan: «10505 - harbiy qism tomonidan 2010 yil 15 martda
berilgan 40723 - raqamli DP seriyali shaxsiy guvohnoma ko‘rsatildi».
Pul o‘tkazmalarini naqd pul bilan to‘lashdan avval aloqa xodimi
harbiy qism (muassasa)ning vakolatlangan vakili nazorat-pul daftarchasiga
pul to‘langan sanani, 3-shakldagi reestr raqami va pul o‘tkazmalarining
umumiy summasini raqamlar hamda so‘zlar bilan yozib chiqadi.
101
Yozuv aloqa xodimining imzosi va taqvim tamg‘asining izi bilan
tasdiqlanadi.
Harbiy qism (muassasa)ning vakolatlangan vakili pochta
jo‘natmalari, pul o‘tkazmalarini olganligi to‘g‘risida 2-shakldagi reestr-
ishonchnomaning birinchi nusxasiga imzo qo‘yadi. Pul o‘tkazmalari
bo‘yicha naqd pul olganlik to‘g‘risida u 3-shakldagi reestrning birinchi
nusxasiga va pul o‘tkazmasining har bir blankasiga imzo qo‘yadi. Ushbu
holatda, uning har bir xabarnomaga imzo qo‘yishi talab qilinmaydi.
Reestrlarning birinchi nusxalari xabarnomalar bilan birga pochta
aloqasi obyektida qoladi, pochta jo‘natmasini bergan yoki pul o‘tkazmasini
to‘lagan aloqa xodimining imzosi va taqvim tamg‘a izi bilan tasdiqlangan
ikkinchi nusxalari esa vakolatlangan vakilga qaytariladi.
Reestr-ishonchnoma berilgan pochta jo‘natmasi yoki to‘langan pul
o‘tkazmalariga tegishli xabarnomalarning biriga qo‘shib qo‘yiladi,
qolganlariga esa reestr-ishonchnoma qo‘shib qo‘yilgan xabarnomaning
raqamiga havola qilingan belgi qo‘yiladi.
Pul o‘tkazmalari bo‘yicha pullar harbiy qism (muassasa)dan 3-
shakldagi reestr olingandan keyingi kundan kechiktirmay bank orqali
o‘tkaziladi. Harbiy qism (muassasa)ning hisob raqamiga pul o‘tkazish va
pul o‘tkazmalarini rasmiylashtirish umumiy o‘rnatilgan tartibda amalga
oshiriladi.
3-shakldagi reestrning 1- va 2-nusxalarida pochta aloqasi hududiy
tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt)
tomonidan pul o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilib, aloqa xodimining
imzosi va taqvim tamg‘a izi bilan tasdiqlanadi. 3-shakldagi reestrning
birinchi nusxasi to‘langan pul o‘tkazmalarining xabarnomalariga tikib
qo‘yiladi.
Reestrning ikkinchi nusxasi harbiy qism (muassasa) vakiliga qaytarib
beriladi.
Tezkor (telegraf) pul o‘tkazmalarini to‘lashda 3-shakldagi reestrning
ikkinchi nusxasida aloqa xodimi yozma xabarning mazmunini qo‘shimcha
ravishda ko‘rsatadi (agar pul o‘tkazma telegrammasida u mavjud bo‘lsa).
Harbiy qismlar va muassasalar pochta aloqasi hududiy tashkilotlari
yoki pochta aloqasi obyektlaridan qabul qilingan ro‘yxatga olinadigan
pochta jo‘natmalari hamda pul summalari uchun to‘liq moddiy
javobgardirlar.
Harbiy xizmatchi vaqtincha bo‘lmagan hollarda harbiy qism
(muassasa) qo‘mondoni bu haqda pochta aloqasi hududiy tashkilotiga yoki
102
pochta aloqasi obyektiga xabar beradi va pochta jo‘natmasi, pul
o‘tkazmasini ma‘lum muddatga, lekin kelib tushgan vaqtidan boshlab, ikki
oydan ortiq bo‘lmagan muddatga saqlab turishini so‘raydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |