26
2-bob. ICHKI POCHTA JO‘NATMALARI VA PUL
O‘TKAZMALARINI QABUL QILISH, ISHLOV BERISH
VA TOPSHIRISH
2.1 Xatlar, banderollar va pochta varaqchalari
2.1.1 Xatlar, banderollar va pochta varaqchalarini qabul qilish
Tashqi pochta qutisiga faqat 114x162 mm va 110x220 mm
o‘lchamdagi konvertga joylangan oddiy xatlar va 105x148 mm
o‘lchamdagi pochta varaqchalari tashlanishi mumkin. Boshqa
o‘lchamdagi standart
konvertlarga joylangan xatlar, banderollar,
shuningdek frankirlash mashinalarida rasmiylashtirilgan xatlar va barcha
buyurtmali pochta jo‘natmalari pochta aloqasi obyektlariga topshiriladi.
Fuqarolardan buyurtmali xatlarni qabul qilishda aloqa xodimi
joylanmaning xususiyatini tekshirishi va joylanmada pul,
hujjatlar va
qimmatli qog‘ozlar jo‘natilayotgan bo‘lsa, ularni pul o‘tkazmalari,
qiymati e’lon qilingan xatlarda jo‘natishni tavsiya etishi kerak.
Banderollar aloqa xodimi tomonidan ochiq holda, ichidagi
joylanmani tekshirib qabul qilinadi. Banderollarda jo‘natish mumkin
bo‘lmagan joylanmalar borligi aniqlanganda, ular qabul qilinmaydi.
Buyurtmali pochta jo‘natmalarini qabul qilishda jo‘natuvchiga 3-
shakldagi daftarga nusxa ko‘chiruvchi qog‘oz
yordamida yozilgan
kvitansiya beriladi. Qabul qilingan pochta jo‘natmasining turi (xat,
banderol) kvitansiyada keraksizini o‘chirish yo‘li bilan ko‘rsatiladi.
Fuqarolardan bir vaqtning o‘zida beshta va undan ortiq buyurtmali
xat va buyurtmali banderollar qabul qilinganda, jo‘natuvchi tomonidan
tartib bo‘yicha oluvchining manzili, nomi raqamlari ko‘rsatilgan 103-
shakldagi ro‘yxat ikki nusxada tuziladi. Aloqa
xodimi buyurtmali xat va
buyurtmali banderollarni ro‘yxatdagi yozuvlar bilan nomma-nom
solishtirib tekshiradi, har bir pochta jo‘natmasining og‘irligi, uni
jo‘natish haqi, 3-shakl daftari (shtrixkod) bo‘yicha raqamlarini qo‘yib
chiqib, yakun yasaydi, ro‘yxatni imzolaydi va unga qabul qilish
sanasining taqvim tamg‘a izini tushiradi.
Qabul qilingan buyurtmali pochta jo‘natmalariga yopishtirilgan
pochta markalari taqvim tamg‘asi bilan hisobdan chiqariladi.
Pochta
jo‘natmasi manzil tomonining chap qismidagi bo‘sh joyga aloqa xodimi
pochta jo‘natmasini qabul qilib olgan pochta aloqasi obyektining nomi
27
3-shakldagi yorliqni yopishtiradi. Yorliq o‘rniga uning o‘rnini bosuvchi
tamg‘a izi tushirilishi mumkin. 3-shakldagi yorliqdagi pochta
jo‘natmasining tartib raqami qo‘rsatiladigan
joyiga shtrixkodning
birinchi nushasi yopishtiriladi. Shtrixkodning ikinchi nushasi esa 3-
shakldagi kvitansiyasiga yopishtiriladi.
Qabul qilingan buyurtmali xat va buyurtmali banderollarga 3-
shakldagi daftardan bitta umumiy kvitansiya to‘ldirilib, unda pochta
jo‘natmalariga yopishtirilgan shtrixkodlarga asosan pochta
jo‘natmalarining raqamlari (... -sondan ... -songacha) qo‘yiladi,
«Qaerga» satrida – ro‘yxat bo‘yicha qabul
qilingan buyurtmali xat va
buyurtmali banderollarning soni, «Kimga» satrida –
«Ro‘yxat bo‘yicha»
belgisi, «Og‘irligi» satrida – qabul qilingan buyurtmali xat va
buyurtmali banderollarning umumiy og‘irligi, «Jo‘natish uchun to‘lov»
satrida – jo‘natish uchun to‘lovlarning umumiy summasi yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: