ﺎَﻬﱠﻠُآ َءﺎَﻤْﺳﻷا َمَدﺁ َﻢﱠﻠَﻋَو
«Alloh taolo Odamga barcha narsalarning ismlarini o‘rgatdi»,(Baqara, 31.)
- oyati karimasida insonga
berilgan ilmning hududsiz ekanligiga ishora bor. Odam farzandi, ya’ni inson tajriba orqali hamma narsani
tushunish va bilish quvvati bilan butun borliqlarga hokim bo‘lish uchun yaratilgan. Bu oyatda inson bilim
darajasining farishtalarnikidan anchayin ustun ekanligi ko‘rsatilmoqda.
Bunday bilim sohibi bo‘lgan Odamning ulug‘ligini bildirish uchun farishtalarni unga sajda qilishga buyurdi.
Bu martaba faqat Odam otaning o‘zinigina emas, balki uning barcha zurriyotlarining ham martabalaridir.
Bunga quyidagi oyati karima dalolat qiladi:
ﻰَﻠَﻋ ْﻢُهﺎَﻨْﻠﱠﻀَﻓَو ِتﺎَﺒِّﻴﱠﻄﻟا َﻦِﻣ ْﻢُهﺎَﻨْﻗَزَرَو ِﺮْﺤَﺒْﻟاَو ِّﺮَﺒْﻟا ﻲِﻓ ْﻢُهﺎَﻨْﻠَﻤَﺣَو َمَدﺁ ﻲِﻨَﺑ ﺎَﻨْﻣﱠﺮَآ ْﺪَﻘَﻟَو
Do'stlaringiz bilan baham: |